Diqqatingizni jamlang: Toshkentdagi kamon otish klublari, ularning narxi va kontakti

Agar bir xillikdan charchab, nima bilan shug‘ullanishni bilmayotgan boʻlsangiz, diqqatni bir nuqtaga jamlashga va ichki xotirjamlikga erishishga harakat qiling. Shunda hamma narsa o‘z joyiga tushadi: boshlanish va tugash nuqtalari aniq bo‘ladi, bunday paytda hatto ajdodlar ruhi ham yordarga kelishi mumkin. Agar mavzu nima haqida ekanini tushunmayotgan bo‘lsangiz, biz nishonni aniqroq mo‘ljallaymiz. Afisha.uz Toshkentdagi kamondan o‘q otish klublari va maydonchalari haqida batafsil maʼlumot beradi.
Meros Archery

Bu yerda kamondan oʻq otishni professional tarzda o‘rgatiladi. Kattalar hamda bolalarga ushbu sport turini o‘zlashtirishga yordam beriladi. Bundan tashqari, mashgʻulotlarda faqat to‘g‘ri texnika va xavfsizlikni o‘rgatibgina qolmay, balki musobaqalarga ham tayyorlashadi. Barcha tashrif buyuruvchilarga individual yondashiladi.
Mashg‘ulot narxlari:
- bir martalik — 150 000 so‘m (1,5 soat);
- oylik abonement — 600 000 so‘m (8 ta mashg‘ulot).
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa 1-berk koʻchasi.
Telefon: (+998) 94−222−2322.
Traditional Archery

Milliy kamonkashlik kurslarida turli xil kamonlarda oʻq otish koʻnikmalari oʻrgatiladi. Barcha kerak boʻladigan jihozlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bu yerda chavandozlik va ot ustida kamon otish ham oʻrgatiladi. Mashgʻulotlar professional ham individual tarzda olib boriladi.
Mashg‘ulot narxlari:
- bir martalik — 150 000 soʻm;
- toʻrtta dars — 500 000 soʻm.
Mashgʻulotlar soni qancha koʻpaysa, ularning narxi aronlab boraveradi.
Manzil: Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv 6-mavzesi.
Telefon: (+998) 33−313−0205.
Shoot club

Havaskorlar uchun moʻljallangan ushbu klubda har bir qatnashchiga boshlangʻich koʻnikmalar oʻrgatiladi va kuzatib turiladi. Kamon otishni birinchi marta sinab koʻrish va uzoqqa borishni istamasangiz, bu joy shahar ichida joylashgan va yopiq hududda joylashgan. Barcha kerakli anjomlar bilan ta’minlanadi.
Mashgʻulot narxi:
- bir martalik (7 ta oʻq) — 30 000 soʻm;
- toʻliq yoʻlak (30 daqiqa) — 150 000 soʻm.
Manzil: Ice City.
Telefon: (+998) 77−745−3434.
Kamonchi oka Club

Kurslar professional va havaskor shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan, ishtirokchilar uchun barcha zarur anjomlar klub tomonidan ta’minlanadi. Mashgʻulotlarda professional sport kamonlari ishlatiladi hamda asosiy ko‘nikmalari oʻrgatiladi. Shuningdek, har mavsumda musobaqalar va o‘q otish turnirlari tashkil etiladi. Ularda qatnashish bepul.
Mashgʻulot narxi:
- bir martalik (10 ta oʻq) — 30 000 soʻm;
- bir oylik — 400 000 soʻm k yarim soatdan 12 ta dars.
Manzillar: Mega Planet/ Depo Mall.
Telefon: (+9989) 97−704−2444.
Robin Good

Barcha toifadagilar uchun mos bo‘lgan ushbu kamon otish klubi yaqinda o‘z faoliyatini boshladi. Mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun sizga hech qanday maxsus anjom kerak emas, barcha zarur jihozlar klub tomonidan ta’minlanadi. Barcha mashgʻulotlat professional darajada olib boriladi.
Mashgʻulotlar narxi:
- bir martalik (10 ta oʻq) — 30 000 soʻm;
- yarim soatlik — 70 000 soʻm;
- bir soatlik — 120 000 soʻm;
- yarim soatlik abonement — 400 000 soʻm;
- bir soatlik abonement — 600 000 soʻm.
Manzil: Feruza koʻchasi, 24.
Telefonlar: (+998) 99−359−9900, (+998) 99−808−8807