O‘zbekiston ot sporti jamoasi Texasdagi tarixiy startga tayyorlanmoqda

Tajribali uloqchi Bekzod Qurbonov rasman 2026-yil 8-12 aprel kunlari Qo‘shma Shtatlarning quyoshli Texas shtatida o‘tadigan konkur bo‘yicha Jahon Kubogi finaliga yo‘l oldi. Bu voqea mavsumning ulkan yutuqlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Qurbonov Markaziy Osiyo quyi ligasining g‘olibi bo‘lib, saralash bosqichlarini ishonchli tarzda bosib o‘tdi. Uning barqaror chiqishlari va yuqori sport formasi mintaqadagi eng yorqin sportchilar qatoridan joy olishiga sabab bo‘ldi. Xalqaro arenalarda Bekzod uzoq yillardan beri o‘zbek konkurining yangi avlodi vakili sifatida — texnik jihatdan aniq, taktik tomondan puxta va ruhan kuchli sportchi o‘laroq tanilib kelmoqda.

“Nega bu qadar muhim?”. Jahon Kubogi finali — faqat kuchlilar to‘planadigan musobaqa. U yerga chiqish jahon ot sporti elitasi qatoriga kirish demakdir. Ko‘p yillardan keyin O‘zbekiston yana shunday yuqori pog‘onaga ko‘tarilmoqda.

Mutahassislar ta’kidlashicha, Qurbonovning ishtirokidan keyin butun yo‘nalish taraqqiyotida yangi bosqich boshlanishi mumkin. Chunki qiziqish oshmoqda, yosh sportchilar soni ko‘paymoqda, tayyorgarlik tizimi yanada mustahkamlanmoqda.
O‘zbekiston Otchilik va Ot sporti federatsiyasi Bekzod Qurbonovni Jahon Kubogi finaliga munosib ravishda yo‘l olgani bilan tabriklaydi va sportchi Texasda o‘z xarakterini, mahoratini va bellashuvga tayyorligini namoyish etadi, deb ishonadi.
Reklama huquqlari asosida.