Javohir Sindorov – shaxmat boʻyicha Jahon kubogi gʻolibi

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Jahon kubogi gʻolibiga aylandi.
19 yoshli grossmeyster Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida g‘alaba g‘ozondi. U finalda xitoylik tay breyk qismida xitoylik Ven yi bilan oq donalarda durang oʻynab, qora donalarda raqibni magʻlub etdi.

U ushbu chempionlik orqali 120 ming dollar mukofot puliga ega boʻldi. Shuningdek, Sindorov endi jahon shaxmat tojiga da’vogarlarning 2026-yilgi turnirda ishtirok etadi.
Bundan avval 2004-yilda Rustam Qosimjonov ushbu formatdagi musobaqada gʻalaba qozongandi.
Sindorov finalga chiqishdan oldin yana bir oʻzbekiston shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev bilan bellashib, qoʻli baland kelgandi. Yakubboyev Jahon kubogida 4-oʻrinni egalladi. U Andrey Yesipenkodan mag‘lub bo‘ldi va Nomzodlar turniri uchun yo‘llanmani qo‘ldan chiqardi.