"Bugundan boshlab oʻzgaraman": Toshkentdagi sport zallari roʻyxati

Qish — massa yigʻish uchun ideal fasl. Oldindan mana shunday fasl turibdi, eng qizigʻi, bu yil dekabrning birinchi sanasi dushanbaga toʻgʻri keldi. Sport zalga chiqishni boshlash uchun bundan ideal fursat boʻlishi mumkinmi? Boʻlishi mumkin, lekin uni kutmang, hozir boshlang. Qayerga borish, qancha toʻlashni bilmayotgan boʻlsangiz, mana biz yordam beramiz — Afisha.uz Toshkentdagi sport zallarining nomlari, manzillari va narxlarini bir joyga jamladi.
Proform
Poytaxtdagi mashhur zallardan biri. U yerdagi murabbiylar bodibilding boʻyicha bir qator turnirlarda gʻolib boʻlgan. Bu zalda mashhurlarni ham uchratish mumkin. Masalan, xonanda Sevara Nazarxon uning doimiy foydalanuvchisi hisoblanadi. Proform’da Toshkentning ikki nuqtasida filial bor.

Poytaxt
Toshkentning markazida joylashgan kam sonli zallardan biri. “Poytaxt” savdo markazining 3-qavatida joylashgan zal yaqindagina rekonstruksiyadan chiqdi va mashgʻulot anjomlari ham yangi.
Narx:
- 1 oylik abonement (12 marta tashrif) — 700 000 soʻm;
- 3 oylik VIP abonement — 2 000 000 soʻm;
- 6 oylik VIP abonement — 3 500 000 soʻm;
- 1 yillik VIP abonement — 4 500 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 78−113−2324.
Dinamo
Bu ikkinchi filial. Ochilganiga koʻp boʻlmadi, ammo brend mashhur boʻlgani sababli hozir bu yerda ham yetarlicha koʻp shugʻullanuvchilarni koʻrish mumkin. Ammo zal shinam, bahavo va katta.
Narx:
- 1 oylik abonement (12 marta tashrif) — 700 000 soʻm;
- 3 oylik VIP abonement — 2 000 000 soʻm;
- 6 oylik VIP abonement — 3 500 000 soʻm;
- 1 yillik VIP abonement — 4 500 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 94−045−5448.
Top Gym
Toshkentdagi eng yirik sport zallari tarmoqlaridan biri. Uning turli nuqtalardan 5 ta filiali bor. Asosiysi, barcha filiallarda sharoit yaxshi.

Yunusobod
Bu yerda narxlar adekvat tuyuladi, hatto studentlar uchun chegirmasi ham bor. Bir yillik VIP abonementni esa boʻlib toʻlash sharti bilan olish ham mumkin.
Narx:
- 1 oy — 350 000 soʻm;
- 3 oy — 800 000 soʻm;
- 6 oy — 1 100 000 soʻm;
- 12 oy — 1 400 000 soʻm.
- 1 yillik VIP — 1 600 000 soʻm.
Studentlar uchun alohida arzonroq tarif amal qiladi. Bunda 1 oylik abonement narxi 250 ming soʻm.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 93−000−8000.
TTZ
Top Gym’ning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi, TTZga yaqin joydagi filiali. Bu yerda ham sharoitlar yaxshi, abonementlar narxi ham oʻzgarmaydi.
Narx:
- 1 martalik — 40 000 soʻm;
- 1 oy — 350 000 soʻm;
- 3 oy — 800 000 soʻm;
- 6 oy — 1 100 000 soʻm;
- 12 oy — 1 400 000 soʻm.
- 1 yillik VIP — 1 600 000 soʻm.
Bu yerda va umuman boshqa filiallarda ham murabbiy bilan shugʻullanish abonement narxi ichiga kiritilmagan. Murabbiy xizmatlari uchun alohida toʻlash kerak boʻladi.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 93−000−8000.
Qoraqamish
Trenojor zallar tarmogʻi Toshketning turli nuqtalarini qamrab olgan. Keyingi manzil — poytaxtning janubiy burchagi. Bu yerda biroz boshqacharoq, arzonroq tariflar amal qiladi.
Narx:
- 1 martalik — 35 000 soʻm;
- 1 oy — 280 000 soʻm;
- 3 oy — 600 000 soʻm;
- 6 oy — 1 000 000 soʻm;
- 12 oy — 1 300 000 soʻm.
- 1 yillik VIP — 1 400 000 soʻm.
Studentlar esa bir oylik abonement uchun 220 ming toʻlashi yetarli boʻladi, bu ular uchun chegirma narxda.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 93−000−8000.
Ibn-Sino
Beltepa taraflarda turasizmi? Unda Top Gym’ning bu filialidan foydalanishingiz mumkin. Bu yerda ayrim taridlarga narxlar yanada arzonroq.
Narx:
- 1 martalik — 50 000 soʻm;
- 1 oy — 250 000 soʻm;
- 3 oy — 600 000 soʻm;
- 6 oy — 900 000 soʻm;
- 12 oy — 1 300 000 soʻm.
- 1 yillik VIP — 1 700 000 soʻm.
Studentlar abonement sotib olganda esa bir oylik tarif 200 soʻm boʻladi.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 93−000−8000.
Lisunova / Aviasozlar
Bu filialda tariflar biroz qimmatroq va ayrimlar soatga qarab amal qiladi. Aviasozlar hududida yashovchilar uchun yaxshi variant.
Narx:
- 1 marta — 100 000 soʻm;
- 1 oy (09:00 — 17:00) — 420 000 soʻm;
- 1 oy (09:00 — 23:00) — 500 000 soʻm;
- 3 oy — 1 350 000 soʻm;
- 6 oy — 2 500 000 soʻm;
- 1 yillik VIP — 4 000 000 soʻm (har oy 700 000 dan boʻlib toʻlash imkoniyati bor).
Ushbu filialda personal murabbiy yollash 800 000 soʻm turadi. Studentlar uchun chegirmali narx 350 000 soʻmni tashkil qiladi.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 93−000−8000.
NeroFit
Mashhur fitness bloger Ahad Xudoyorov doimiy shugʻullanadigan manzil. Bu Toshkentdagi yangi zal, u yerda mashgʻulot asboblari ham yangi va zalning oʻzi ancha katta.
Narx:
Erkaklar uchun:
- 1 martalik — 150 000 soʻm;
- 1 oy (12 ta tashrif) — 800 000 soʻm;
- 1 oylik VIP — 950 000 soʻm;
- 3 oylik VIP — 2 249 000 soʻm;
- 6 oylik VIP — 4 090 000 soʻm;
- 1 yillik — 7 499 990 soʻm.
Ayollar uchun:
- 1 oylik — 549 000 soʻm;
- 3 oylik VIP — 1 290 000 soʻm;
- 6 oylik VIP — 2 275 000 soʻm;
- 1 yillik — 4 600 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 55−510−2929.
Power Fitness Club
Navbatdagi filiallari koʻp tarmoq. Ularda Toshkentning uch manzilida zallari bor. Ularning narxi bir-biridan farq qiladi, ammo barchasida sharoitlar birdek yaxshi.
Yunusobod
Bu yerda ikki jins vakillari ham aralash shugʻullanishi mumkin, ammo ular uchun ikki xil narx amal qiladi.
Narx:
Erkaklar uchun:
- 1 oylik VIP (07:00 — 22:00) — 795 000 soʻm;
- 1 oylik (07:00 — 16:00) — 655 000 soʻm.
Ayollar uchun:
- 1 oylik VIP (07:00 — 22:00) — 555 000 soʻm;
- 1 oylik (07:00 — 16:00) — 460 000 soʻm.
Ushbu zalda boshqa sport turlari bilan ham shugʻullanish mumkin. Albatta, alohida toʻlov evaziga.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 90−858−9009; (+998) 99−868−9009.
Chilonzor
Bu yerda narxlar biroz arzonroq.
Erkaklar uchun:
- 1 martalik — 160 000 soʻm;
- 1 oylik VIP (07:00 — 22:00) — 750 000 soʻm;
- 1 oylik (07:00 — 16:00) — 620 000 soʻm.
Ayollar uchun:
- 1 martalik — 160 000 soʻm;
- 1 oylik VIP (07:00 — 22:00) — 525 000 soʻm;
- 1 oylik (07:00 — 16:00) — 440 000 soʻm.
Bu yerda boshqa xizmatlar ham yoʻlga qoʻyilgan: shkafchalar ijarasi (100 000 soʻm), sochiqlar ijarasi (10 000 soʻm) va kir yuvish (20 000 soʻm).
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 90−858−9009; (+998) 99−868−9009.
Markaz 1
Bunisida esa manzilga mos ravishda narxlar keskin farq qiladi.
Narx:
1 martalik — 300 000 soʻm;
VIP:
- 1 oylik — 1 450 000 soʻm;
- 3 oylik — 4 350 000 soʻm;
- 6 oylik — 8 700 000 soʻm;
- 1 yillik — 17 400 000 soʻm.
Kunduzi (07:00 — 16:00):
- 1 oylik — 1 140 000 soʻm;
- 3 oylik — 3 420 000 soʻm;
- 6 oylik — 6 840 000 soʻm;
- 1 yillik — 13 860 000 soʻm.
Bu yerda boshqa xizmatlar ham yoʻlga qoʻyilgan, ammo biroz qimmatroq: shkafchalar ijarasi (350 000 soʻm) va kir yuvish (50 000 soʻm).
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 90−858−9009; (+998) 99−868−9009.
Tower Gym
Poytaxtdagi yana bir ajoyib sharoitlarga ega boʻlgan zal. Bu zal yakshanba kunlari ishlamaydi, ammo boshqa kunlari soat 07:00 dan 23:00 gacha faoliyat olib boradi.
Narx
Bu yerda abonementlarning uch xil turi bor: Silver (07:00 dan 12:00 gacha amal qiladi), Gold (12:00 — 18:00) va Platinum (07:00 — 23:00).
Silver:
- 1 oylik — 550 000 soʻm;
- 3 oylik — 1 400 000 soʻm;
- 6 oylik — 2 510 000 soʻm;
- 1 yillik — 4 500 000 soʻm.
Gold:
- 1 oylik — 600 000 soʻm;
- 3 oylik — 1 550 000 soʻm;
- 6 oylik — 2 730 000 soʻm;
- 1 yillik — 4 800 000 soʻm.
Platinum:
- 1 oylik — 700 000 soʻm;
- 3 oylik — 1 820 000 soʻm;
- 6 oylik — 3 200 000 soʻm;
- 1 yillik — 5 500 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 99−033−3003.
Diqqat: ushbu narxnoma faqatgina maqola e’lon qilingan paytda aktual. Zal ma’muriyati bilan bogʻlanib, narxlarni aniqlashtirish tavsiya etiladi. Orada yuzaga keladigan farqlar uchun tahririyat javobgar emas.