Foto: O‘zbekiston delegatsiyasining qishki olimpiya o‘yinlari uchun formasi taqdim etildi
E’lon qilingan sana: · 136

6−22-fevral kunlari boʻladigan Milan-Kortina 2026 Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi uchun yangi forma taqdim etildi.

Och ko‘k ranglarda ishlangan forma, milliy ramzlar va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi logotiplari bilan bezatilgan. Forma “Saber” brendi tomonidan “Inspired by the moment” shiori ostida taqdim etilgan.
Toʻplamda qishki kurtka, bayroq tasviri tushirilgan shapka va sharf hamda maxsus sport kiyimlari oʻrin olgan.

6-fevral kuni qishki olimpiadaning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ochilish marosimida 93 ta delegatsiya qatorida O‘zbekiston vakillari ham tantanali ravishda sahnaga chiqadi.

