Qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari medallar sinib ketayotganidan shikoyat qilmoqda

Italiyada bo‘lib oʻtayotgan qishki Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari oʻz medallari sinib ketayotganidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Amerikalik tog‘ chang‘isichi Brizi Jonson tezkor tushish musobaqasidan keyingi matbuot anjumanida mukofot bilan bog‘liq muammo haqida gapirdi. U jurnalistlarga medalning lentaga bog‘langan ilgagi tushib ketgan.
Jamoaviy turnirda Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan amerikalik figurali uchuvchi Alisa Lyu bilan ham shunday hodisa yuz berdi. Qiz ijtimoiy tarmoqlarda medali uchun lenta kerak emasligi haqida video e’lon qildi.
Musobaqalar tashkiliy qo‘mitasi vakili Andrea Franchisining aytishicha, tashkilotchilar allaqachon hodisani tekshirmoqda.
“Vaziyatdan to‘liq xabardormiz. Muammo aynan nimada ekanini aniqlashga harakat qilyapmiz. Biz medallarga alohida e’tibor qaratamiz. Albatta, biz medallar topshirilganda hamma narsa mukammal bo‘lishini xohlaymiz, chunki bu sportchilar uchun eng muhim lahzalardan biri”, — degan u.
Izohlarda muxlislar sportchini qo‘llab-quvvatladi. Obunachilar Olimpiya o‘yinlari “borgan sari arzonlashib borayotganidan” shikoyat qilmoqda. Ulardan ba’zilari Alisaga muammoga ijodiy yondashishni — medalni cho‘ntakka solish yoki uni to‘g‘nog‘ichga aylantirishni taklif qildi.