Navro‘z munosabati bilan Uzbekistan Global Tour 2026 2-bosqichi tashkil etildi
E’lon qilingan sana: · 83

Navro‘z bayramida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi Uzbekistan Global Tour 2026 musobaqasining 2-bosqichini tashkil etdi. Keskin kechgan bahslarda 100 ga yaqin chavandoz g‘oliblik uchun bellashdi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan 21-mart — Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan 2026-yilning 22-mart kuni Uzbekistan Global Tour 2026 musobaqasining 2-bosqichi koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

Musobaqada 100 ga yaqin chavandozlar ishtirok etib, o‘z mahorat va tajribalarini namoyon etdi. Bellashuvlar keskin va murosasiz kechdi.
Navro‘z ayyomi ruhida o‘tgan ushbu musobaqa sportchilar uchun nafaqat sinov, balki haqiqiy bayramga aylandi.
Reklama huquqlari asosida.