Samarqandda triatlon boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 15

Samarqand shahrida 25−26 aprel kunlari “World Triathlon Championship Series” (WTCS) bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu musobaqalarda Jahon chempionati uchun raqobatlashayotgan triatlonchilar ishtirok etadi. Turnir jahon darajasidagi startlar uchun mos boʻlgan “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi hududida bo‘lib o‘tadi.
Triatlonda ishtirokchilar suzish, yugurish va velosiped poygasi boʻyicha bellashadi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda Samarqandda triatlon boʻyicha harbiylar oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtgandi.