Qoraqalpogʻistonda "Samarkand Marathon" doirasida yangi Aral Ultra marafoni boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 183

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3−4 oktyabr kunlari “Samarkand Marathon” seriyasi doirasida yangi Aral Ultra marafoni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ultra marafon starti Ustyurt platosida, finish esa G‘arbiy Orol dengizining hozirgi qirg‘og‘ida bo‘ladi. Finish chizig‘i qat’iy emas — u landshaft bilan birga siljib boradi.
Musobaqa treylranning (tabiiy relyef bo‘ylab yugurish) formatida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi masofalar boʻyicha qatnashishi mumkin:
- 100 km;
- 50 km;
- 25 km;
- 15 km.
Loyihaning asosiy maqsadi — mintaqaning ekologik muammolariga dunyo e’tiborini qaratish va ushbu betakror hududning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishdir.