Anons

Bukhara Night Race

E’lon qilingan sana· 211
Bukhara Night Race

Buxoroda an’anaviy xalqaro xayriya marafoni — “Bukhara Night Race” bo‘lib o‘tadi. 2022-yildan beri tashkil etilayotgan yugurish musobaqasi ilk bor bahorda oʻtkaziladi.

“Bukhara Night Race” Oʻzbekistondagi birinchi tungi poyga boʻlib, u Buxoroda quyosh botayotgan paytda boshlanadi. Tadbir doirasida 5, 10 va 21 kilometr masofaga yugurish, 2 km masofaga “Skandinavcha yurish”, shuningdek, bolalar yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Samarqand marafoni” xayriya yugurish musobaqalarining bir qismidir.

Yugurishga quyidagi masofalarga roʻyxatdan oʻtish mumkin:

  • 21,1 kilometr (yarim marafon);
  • 10 kilometr;
  • 5 kilometr;
  • 2 kilometr skandinavcha yurish;
  • Kids Run 1000;
  • Kids Run 600;
  • Kids Run 300;
  • Kids Run 60.

Bundan tashqari, “Avvalgidan tozaroq” dasturi ostida plogging ham tashkil etiladi.

Ishtirok etish narxi:

  • 5 km masofa — 250 000 soʻm;
  • 10 km, 21 km masofalar — 300 000 soʻm;
  • Kids Run va Skandinavcha yurish — 150 000 soʻm.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling