Futbol uchrashuvlari kechki payt va dam olish kunlariga ko‘chirilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 36
Futbol uchrashuvlari kechki payt va dam olish kunlariga ko‘chirilishi mumkin

7-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda sportni iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylantirish zarurligini ta’kidlandi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Davlat rahbari futbol bo‘yicha milliy chempionat o‘yinlarini tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib, ayrim uchrashuvlar ish vaqtida o‘tkazilayotgani sabab muxlislar tashrifi pastligicha qolayotganini qayd etdi. Shu bois o‘yinlarni dam olish kunlari yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin o‘tkazish topshirigʻi berilgan.

Stadionlar atrofida qo‘shimcha xizmatlar, musiqiy va ko‘ngilochar dasturlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek muxlislar uchun qulay transport qatnovini tashkil etish vazifasi ilgari surilgan. Shunindek, arzon futbol turpaketlarini joriy etish orqali stadionlarga tashrifni oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, prezident qaroriga ko‘ra, futbol klublarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish tizimi joriy etiladi. 2026-yilda klublarga jami 560 mlrd so‘m ajratilishi, daromad solig‘i bekor qilinishi va ijtimoiy soliq 1% etib belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling