Toshkentda xalqaro konkur va otda yurish musobaqalari o‘tkaziladi

23-apreldan 3-maygacha Toshkentda konkur va otda yurish bo‘yicha xalqaro turnirlar o‘tkazilib, ular doirasida Jahon kubogi bosqichi, Osiyo va Yevrosiyo musobaqalari hamda FEI tasdiqlagan otda yurish bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqalar doirasida konkur bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi, Yevrosiyo ligasi, Osiyo kubogi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, shuningdek, FEI tomonidan tasdiqlangan CDI1* va CDI3* darajadagi otda yurish musobaqalari o‘tkaziladi.
Musobaqalarda dunyoning 20 ta davlatidan sportchilar ishtirok etadi. Ular orasida Indoneziya, Malayziya, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Misr va boshqa mamlakatlar bor. 100 dan ortiq chavandoz va otlar qatnashishi kutilmoqda.

Turnirlarning yuqori darajasi unda xalqaro toifadagi hakamlarning ishtiroki bilan ham tasdiqlanadi. Bu esa Toshkentni ot sporti bo‘yicha jahon darajasidagi musobaqalar o‘tkaziladigan muhim markazlardan biri sifatida yana bir bor namoyon etadi.
Reklama huquqlari asosida.