Toshkentda Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tdi: o‘zbekistonlik chavandoz yorqin g‘alabaga erishdi
E’lon qilingan sana: · 70

Toshkentda o‘tgan xalqaro ot sporti musobaqalari doirasida AEF / Mantena Cup CSI1-B (115 sm) toifasidagi marshrut bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada butun Osiyodan kuchli chavandozlar ishtirok etdi. Turnir yuqori saviyada tashkil etilib, unda 20 ta davlatdan 100 dan ortiq chavandoz va ot qatnashdi. Bu esa musobaqaning mintaqadagi eng yirik startlardan biri ekanini tasdiqlaydi.

Marshrutning bosh qahramoni O‘zbekiston vakili — Anna Sigidina bo‘ldi. U Elis G laqabli oti bilan ishonchli tarzda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qolgan ishtirokchilar:
- 2-o‘rin — Dilshod Shokirov, La Blue Rouge;
- 3-o‘rin — Malika Sharifa Iman Arianna Jamalullail, Absent.
Reklama huquqlari asosida.