O‘zbekistonda “Sharq durdonasi” nomli axalteke zotli otlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi
E’lon qilingan sana: · 46

9-10 may kunlari “O‘zbegim” majmuasi hududida axalteke zotli otlarga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bo‘ldi.
9-may kuni sof zotli va yarim zotli axalteke otlari o‘rtasida 1000 metrdan 2400 metrgacha bo‘lgan masofalarda poygalar tashkil etildi. Shuningdek, dastur doirasida sof zotli ingliz otlari o‘rtasida ham poygalaro‘tkazildi.

10-may kuni bir yoshli, 2−3 yoshli va katta yoshdagi axalteke zotli otlar ishtirokida xalqaro ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirlarda O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistondan faxriy mehmonlar, mutaxassislar hamda soha vakillari qatnashdi.
Reklama huquqlari asosida.