Ostona shahrida ot sportining ot yoʻrttirish yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 30
Ostona shahrida ot sportining ot yoʻrttirish yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi

28-31 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida ot sportining ot yoʻrttirish yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘istonning Ostona shahrida 28−31 may kunlari ot sportining ot yo‘rttirish yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning ilk kunidayoq yuqori natijalarni qayd etdi.

28-may — musobaqaning birinchi kuni doirasida CDI1 toifasida O‘zbekiston terma jamoasi:

  • 1-o‘rin — Alina Shevtsova Nocito De Muze laqabli oti bilan;
  • 2-o‘rin — Yekaterina Karkavtseva Sangria oti bilan;
  • 3-o‘rin — Darya Popova Graver oti bilan;
  • 4-o‘rin — Linara Tolegen Grenada oti bilan qoʻlga kiritdi.

Universal Horses Stable Alina Shevtsovani ushbu ajoyib natija bilan tabriklaydi hamda barcha sportchilarga keyingi startlarda omad tilaydi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling