Anons
Zaamin Ultra 2026 marafoni
E’lon qilingan sana: · 28

Zaamin Ultra 2026 ultramarafoni “Zomin” milliy tabiat bog‘i hududida bo‘lib o‘tadi.
Yugurish masofalari:
- 50 km — bu yoʻnalish platoning toʻliq manzarasini koʻrish imkonini beradi va koʻz oldingizda Turkiston va Molguzar tizmalari namoyon boʻladi. Yoʻnalishning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 2500 metr yuqorida. Balandligi: 1535 metr;
- 21 km — yarim marafon yuguruvchilari 635 metr balandlikda 21 km masofada oʻz kuchlarini sinab koʻrishlari mumkin. Ishtirokchilar yoʻnalish bo‘ylab barcha uchta oqim: Kattashir, Qizilmazor va Obiko‘l bo‘ylab yugurishadi;
- 10 km — ishtirokchilar Qizilmazor tog‘ irmogʻi va Chortanga darasi manzaralarini taqdim etadigan tomosha maydonigacha yugurishadi. hayajonli final bilan yakunlash maqsadida tashkilotchilar tepaliklarni soʻnggi kilomertlarga qoldirdilar. Balandlik: 370 metr;
- 5 km — bu qisqa masofa togʻda yugurishni endi boshlagan yuguruvchilar uchun mos keladi. Yoʻnalish start olinadigan shaharcha va Kattashir tog' oqimining manzaralarini koʻrish imkonini taqdim etadi;
- 2 km — bu qisqa masofa ham togʻda yugurishni endi boshlagan yuguruvchilar uchun mos keladi. Yoʻnalish start olinadigan shaharcha va Kattashir tog' oqimining manzaralarini koʻrinish imkonini taqdim etadi.
KIDS RUN 1000 m, 600 m, 300 m, 60 m masofalarga yugurishdan iborat.
Ishtirok etish narxi: 200 000 soʻmdan 350 000 soʻmgacha (tanlangan paketga qarab). KIDS RUN narxi — 150 000 soʻm.
Roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.
Jadval
13dan 14-iyungacha