97 daqiqada millat qahramoniga aylangan darvozabon Vozinha

E’lon qilingan sana· 460
97 daqiqada millat qahramoniga aylangan darvozabon Vozinha

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining ilk kunlaridayoq futbol olami yangi qahramonni kashf etdi. Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni, 40 yoshli Vozinha (Josimar Dias) Ispaniyaga qarshi tarixiy uchrashuvda 97 daqiqa davomida darvozasini daxlsiz saqlab, o‘z mamlakatining qahramoniga aylandi.

Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan Kabo-Verde amaldagi Yevropa chempioni Ispaniyani 0:0 hisobidagi durangga majbur qildi. Uchrashuv davomida Vozinha 7 ta muhim seyv amalga oshirdi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Aynan uning ishonchli harakati kichik orol davlatiga tarixiy ochkoni taqdim etdi.

Ammo haqiqiy mo‘jiza final hushtagidan keyin boshlandi. O‘yin oldidan Instagram’dagi obunachilari soni 50 ming atrofida bo‘lgan darvozabon bir necha soat ichida millionlab yangi kuzatuvchilarga ega bo‘ldi. Uning sahifasiga ayni paytgacha 6 milliondan oshiq yangi obunachi qo‘shilgan.

Shunday qilib, birgina o‘yin, 7 ta seyv va 97 daqiqa ichida Vozinha nafaqat Kabo-Verde, balki butun mundialning eng yorqin qahramonlaridan biriga aylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling