O‘zbekiston terma jamoasi JChdagi ilk o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 18-iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasida Kolumbiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Fabio Kannavaro shogirdlari 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida Kolumbiya futbolchisi Munyoz hisobni ochdi. O‘zbekistonning jahon chempionatlaridagi ilk goliga esa 60-daqiqada Abbos Fayzullayev mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Luis Diaz va 90+8-daqiqasida Jaminton Kampaz O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Kolumbiya 3 ochko to‘plagan holda “K” guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni 1 ochko bilan Kongo DR hamda Portugaliya bo‘lishib turipti. Fabio Kannavaro shogirdlari esa birinchi turdan so‘ng 4-o‘rinda.