Global Laser Run City Tour 2026 musobaqasining I bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi

E’lon qilingan sana· 67
Global Laser Run City Tour 2026 musobaqasining I bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi

Tashkent City Park’da Global Laser Run City Tour 2026 musobaqasining I bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda turli hududlar, sport maktablari hamda davlat hamda kuch tuzilmalari vakillaridan 350 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga tayyorgarlik doirasida hamda UIPM xalqaro tadbirlar taqvimiga muvofiq, Tashkent City Park’da Global Laser Run City Tour 2026 musobaqasining I bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda turli hududlar, sport maktablari, shuningdek, davlat va kuch tuzilmalari vakillaridan iborat 350 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Ishtirokchilar tezlik, chidamlilik, merganlik va haqiqiy sport ruhini namoyon etib, katta sport bayramining yorqin muhitini yaratdi.

Barcha ishtirokchilar va mehmonlarga faol ishtiroki uchun Universal Horses Stable minnatdorlik bildirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling