O‘zbekiston chavandozlari Aaxendagi konkur bo‘yicha JChda ishtirok etdi

Germaniyaning Aaxen shahrida bo‘lib o‘tgan konkur bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik chavandozlar Bekzod Qurbonov va Abdurahmon Abdullayev ilk bor ishtirok etdi.
17−23 avgust kunlari Germaniyaning ot sporti markazi hisoblangan Aaxen shahrida konkur bo‘yicha Jahon chempionati — jahon ot sportidagi eng yirik musobaqalardan biri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada bir vaqtning o‘zida ikki chavandoz — Bekzod Qurbonov Matts VG laqabli otda va Abdurahmon Abdullayev Caballone laqabli otda O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Sportchilar Jahon chempionatida ilk bor startga chiqib, O‘zbekistonni jahon arenasida munosib namoyon etish orqali tarix yaratdi

Ularning ishtiroki milliy ot sporti uchun muhim tarixiy bosqich bo‘lib, ushbu sport turirivojlanayotganining yana bir tasdig‘iga aylandi.
Reklama huquqlari asosida.