Bekzod Qurbonov Germaniyada xalqaro konkur musobaqasida yuqori o‘rinni egalladi

Germaniyada o‘tkazilgan Chiemsee Pferdefestival 2026 musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi Bekzod Qurbonov 145 sm balandlikdagi yo‘nalishda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2−6 sentyabr kunlari Germaniyada CSI2 toifasidagi Chiemsee Pferdefestival 2026 xalqaro konkur musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Dasturdan to‘siqlar balandligi 145 sm gacha bo‘lgan yo‘nalishlar o‘rin oldi.

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini milliy terma jamoa sportchilari Bahromjon Gaziyev va Bekzod Qurbonov himoya qildi.

Ayniqsa, Bekzod Qurbonov muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U 5-sentyabr kuni Matts V. G. laqabli oti bilan to‘siqlar balandligi 145 santimetr bo‘lgan yo‘nalishda faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi va kuchli xalqaro raqobat sharoitida yuksak mahorat namoyish etdi.
Reklama huquqlari asosida.