Toshkentda talabalar o‘rtasidagi Dota 2 turniri g‘oliblari aniqlandi

E’lon qilingan sana: · 32
Toshkentda talabalar o‘rtasidagi Dota 2 turniri g‘oliblari aniqlandi

12−14-oktabr kunlari Toshkentdagi “Kiber arena” majmuasida talabalar o‘rtasida Dota 2 bo‘yicha “ZIYO CUP” turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqa “Ziyo Forum” fondi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etildi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, saralash bosqichida respublika bo‘ylab 74 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 600 dan ziyod talaba ishtirok etgan. Turnir yakunida dastlabki to‘rtta o‘rinni quyidagi universitetlar jamoalari egalladi:

  • 1-o‘rin — Puchon universiteti — 8 mln so‘m,
  • 2-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 6 mln so‘m,
  • 3-o‘rin — British Management University — 4 mln so‘m,
  • 4-o‘rin — Amity universiteti — 2 mln so‘m.
  • false
  • false
  • false
  • false

Pul mukofotlari bevosita g‘olib va sovrindorlarga topshirildi. Shuningdek, jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlandi. Final bosqichida ishtirokchilar uchun ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazilib, hamkor tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha sovg‘alar taqdim etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling