Toshkentda zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi

16-19 noyabr kunlari Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash Respublika markazida zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda barcha yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etdi. Uch kun davomida sportchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va yuqori natijalarga erishishga bo‘lgan intilishlarini namoyish qildi.

19-noyabr kuni g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar munosib mukofotlar bilan taqdirlandi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, bosh jamoaviy kubokni Andijon viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaydi, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilar, murabbiylar hamda tashkilotchilarga o‘z minnatdorligini bildiradi. Barcha sportchilarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yuksak sport yutuqlarini tilaydi.
Reklama huquqlari asosida.