Anons

Asilbek Zikirov stendap konserti

E’lon qilingan sana· 97
Asilbek Zikirov stendap konserti

“Sahna” stendap klubida komik Asilbek Zikirovning “Katta odam” nomli konserti bo‘lib o‘tadi.

Dastur nomi turli ma’nolarga ega “katta odam” tushunchasi atrofida qurilgan bo‘lib, tomoshabinlarga yangi hazillar va hayotiy kuzatuvlar taqdim etiladi.

Asilbek Zikirov bundan avval “Stil” va “Ibtidoiy odam” nomli yakkaxon konsertlari bilan chiqish qilgan. Shuningdek, u “Xay mayli” loyihasidagi bir qator shoularda doimiy ishtirok etib keladi.

Chiptalar narxi: 80 000 so‘mdan 150 000 so‘mgacha.

Murojaat uchun: (+998) 95−545−0303.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling