Samsung Galaxy S23 va S23+ ni sinovdan o'tkazamiz: "minorcha yangilanish"

E’lon qilingan sana· 408
Samsung Galaxy S23 va S23+ ni sinovdan o'tkazamiz: "minorcha yangilanish"

Bugungi ushbu sharhda Samsung flagmani hisoblanuvchi liniyaning ikkita modeli — S23 va S23+ smartfonlari haqida so’z boradi.

Bizning muharririmiz smartfon dizaynidagi o’ziga xoslik, mukammal kameralar va video suratga olishdagi yangi imkoniyatlar, yaxshilangan avtonomiya, kuchli eksklyuziv protsessor, arzimas to’plam va yangi qurilmalarning boshqa qiziqarli xususiyatlari haqida so’zlab beradi.

Mahsulot to’plamidagi elementlarning kamayish tendensiyasi

So’nggi ikki yil davomida eng yaxshi brendlarning smartfonlari yupqa qutilarda yetkazib berilmoqda, ularda asosan quvvatlagich, g’ilof (chexol) va quloqchinlar mavjud emas. Ushbu tendensiya ishlab chiqaruvchilarga atrof-muhitga g’amxo’rlik qilish istagi ko’rinishi ostida ko’proq pul ishlash istagini yashirish orqali logistika xarajatlarini tejash imkonini beradi. Yangi Galaxy S23 ham bundan mustasno emas.

Bir tomondan, bu holat xaridorga o‘ziga xos vazifalari va imkoniyatlari uchun g‘ilof, naushnik va elektr ta’minotini tanlashda keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishdagi o’z ishtirokini his etishga yordam beradi. Boshqa tomondan, brendlar shu tarzda o’z foydalanuvchilarini xavf ostiga qo’yishadi — hamma ham 600 000 so’mga 45 Vt quvvatga ega original quvvatlagich sotib olishni xohlamaydi. Original qurilmaning o’rniga kimdir soxta sotib olishi mumkin, bu arzonroq va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

200 dollarlik dizayn

Qachonlardir, Galaxy S21 va S22 e’lon qilinganida, kamera blokining dizayni tufayli Samsung flagmanlarini aniqlab olish oson edi. O’sha paytda kameralarning joylashuvi, ko’rinishi boshqacha edi. S23 liniyasining chiqishi bilan vaziyat keskin o’zgardi — kameralar orqa panelda hech qanday qiziqarli dizaynsiz, bir-biridan alohida joylashtirildi.

Yangi mahsulotlarning dizayni bo’yicha asosiy shikoyat quyidagicha yangraydi: Samsung smartfonlari hali ham boshqa brendlar qurilmalari orasida ajralib turadi, ammo byudjetli liniyalar hisoblanuvchi Galaxy A va Galaxy S qurilmalari ikki tomchi suvdek bir-biriga o’xshaydi. Menimcha, 1000 dollarlik smartfon ko’rinishidan 400 dollarlik yoki undan ham arzonroq telefonga o‘xshamasligi kerak. Tushunarliroq bo’lishi uchun quyida 200 dollarlik A14, 400 dollarlik A54 va 1000 dollarlik S23 smartfonlarining rasmlari berilgan.

Yangi S23 va S23+ smartfonlarini faqat yuqori sifatli korpus materiallari — shisha va metall qutqarib qola oladi: yangi mahsulotlarning korpuslariga tegishingiz bilan faqat ijobiy taassurotlar olasiz. Boshqa tomondan, xaridorlarning 99 foizi, katta ehtimol bilan, “chexol"dan foydalanishadi va bu yuqori sifatli material ekanligini sezishmaydi.

Ekranlar texnologiyalar cho’qqisiga chiqmoqda

S23 va S23+ bir-biridan ekran o’lchamlari bilan farq qiladi — mos ravishda 6,1 va 6,6 dyuym. Shu bilan birga, ularda piksellar soni bir xil — 2340×1080px. Tasvirni yangilash tezligi muhitga moslasha oladi va 48 dan 120 Gs oralig’ida o’zgaradi. Bu batareya quvvatini tejashga yordam beradi.

Oldingi avlod bilan solishtirganda ikkita o’zgarishni e’tiborga olish kerak: eng yuqori yorqinligi 1200 dan 1300 nit`gacha ko’tarildi va displey uchun yangi oyna — Corning Gorilla Glass Victus 2 o’rnatildi. O’zbekistonning jazirama quyoshi sharoitida yorug’lik darajasiga 100 nit qo’shilgani ayni muddao. Ha, yangi ekran oynasi ham yoqimli.

Boshqa jihatdan S23 va S23+ da Dynamic AMOLED 2X displeylari bugungi kunda ham eng yaxshi smartfonlardan biri hisoblanadi.

Qualcomm`ning o’ziga xos kuchi

Butun Galaxy S23 liniyasi ichida Samsung uchun maxsus moslashtirilgan Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipi o‘rnatilgan. Ushbu protsessor tufayli yangi mahsulotlar raqobatchilarga qaraganda samaraliroq bo‘lishini va vaqt o‘tishi bilan dolzarblikni “ushlab turishni” va’da qiladi, bu esa o‘z egasi uchun kamida bir necha yil davomida samaradorlik tuhfa etadi. Bundan tashqari, S23 va S23+ 8 GB operativ xotira va 128, 256 yoki 512 GB ichki xotiraga ega.

Sinov jarayonida qurilmalar yaxshigina kuch talab qiladigan mobil o‘yinlar va kundalik vazifalarni bajarishda o’zlarini yaxshi tomondan ko’rsatishdi. Ular hech bir jarayonda “qotmadi” va hatto zaryadlash paytida ham deyarli qizib ketmadi. Issiqlik faqat 8K video suratga olishda va smartfonning “Kamera” ilovasini uzoq vaqt ishlatganda sezildi.

Akkumulyator

S23 ichida 3900 mA/soat, S23+ esa 4700 mA/soat quvvatga ega batareyaga ega. Bu avvalgi avlod telefonlariga qaraganda 200 mA/soatga ko‘p. Farqni his qilyapsizmi? Tejamkor rejimda, telefonlarni bir amallab ikki kun ishlatish mumkin.

Xitoylik ishlab chiqaruvchilar o’z smartfonlarini 240 Vt gacha tez zaryadlashni qo’llab-quvvatlash imkoniyati bilan jihozlash orqali rekordlarni yangilashayotgan bo’lishsa-da, Samsung simsiz quvvatlanish uchun 25 va 45 Vt (mos ravishda S23 va S23+ uchun) va 15 Vt quvvat darajasini saqlab qolishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, barcha Galaxy S23 smartfonlarining orqa tomonida yaxshigina qulaylik yashiringan — Samsung`ning ilg’or smartfonlari boshqa gadjetlarni ham quvvatlay oladi.

Ilg’or kameralar

Desert sifatida Galaxy S23 va S23+ dagi kameralar haqida so’zlab beraman — ochig’ini aytganda, ular meni hayron qoldirishdi. Barcha kameralarda (hatto old tomonida ham) soniyasiga 30 kadr tezlikda 8K va 60 kadr tezlikda 4K sifaytli video yozish mumkin. Bundan tashqari, smartfonlar asosiy raqobatchilarda mavjud bo’lmagan uch karra optik zumli telefoto modullari bilan jihozlandi.

An’anaga ko’ra Samsung`ga fotosuratlar va videolarni suratga olish sifati borasida hech qanday shikoyatlar yo’q. Barcha fotosuratlar va videolar ajoyib. Hatto tungi rejim va ultra keng burchakli modul ham uyaltirib qo’ymadi. Biroq, bu ushbu brendning eng ilg’or kamerali telefonlari emas. Eng sifatli kamerali telefonni qidirganlar S23 Ultra yoki S22 Ultra`ga e’tibor qaratishlari kerak.

Chiqarilgan xulosalar

Yangi Galaxy S23 va S23+ “minor” yangilanishga bo’ldi, unda hamma narsani ozginadan yaxshilashgan. Ular dizaynni yangilashdi, ekranlar va kameralarni qisman yangilangan, ichiga yangi eksklyuziv prosessor o’rnatishdi, shuningdek, yuqori sifatli stereo dinamiklar, suvdan himoyalanish va teskari simsiz quvvatlash texnologiyasini saqlab qolishdirdi.

Shunga qaramay, men yangi narsalarni smartfonlarni sotib olishni tavsiya etmayman. Buning o’rniga e’tiboringizni S22 va S22+ ga qarataman, ular yangi avlod smartfonlaridan kam emas. Va kamera blokining noyob dizayni tufayli S22 dizayni bo’yicha chiroyliroq ko’rinadi. Bundan tashqari, S22 endi yangi chiqqan mahsulotlardan ancha arzonroq — hozirgi narxi 5 300 000 so‘mdan boshlanadi.

Ushbu sharh e’lon qilingan paytdagi Samsung Galaxy S23 va S23+ ning Toshkentdagi narxlari:

  • Samsung rasmiy do’koni:
    S23 8/128 GB — 10 990 000 so’m;
    S23 8/256 GB — 11 990 000 so’m;
    S23+ 8/128 GB — 12 990 000 so’m;
    S23+ 8/256 GB — 14 990 000 so’m;
  • Radius:
    S23 8/128 GB — 10 990 000 so’m;
    S23 8/256 GB — 11 990 000 so’m;
    S23+ 8/256 GB — 12 990 000 so’m;
  • Texnomart:
    S23 8/128 GB — 10 990 000 so’m;
    S23+ 8/256 GB — 12 990 000 so’m;
  • OLX (yangi):
    S23 8/128 GB — 9 660 000 so’m;
    S23+ 8/128 GB — 10 760 000 so’m.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ