OPPO Find X6, X6 Pro kamerofonlari va Pad 2 planshetini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 613
OPPO Find X6, X6 Pro kamerofonlari va Pad 2 planshetini taqdim etdi

OPPO brendi Hasselblad sozlamalari va Pad 2 planshetli yangi Find X6 va X6 Pro kamerali telefonlarini taqdim etdi.

OPPO Pad 2

Planshet diagonali 11,61 dyuymli, 2800×2000 pikselli, tasvirni yangilash tezligi 144 Gs va tomonlar nisbati 7:5 bo‘lgan LTPS ekraniga ega bo’ldi. Displey stilus bilan ishlashni qo’llab-quvvatlaydi va 500 nitgacha yorqinlikni chiqarishi mumkin. Korpusda to‘rtta Dolby Atmos dinamiki va quvvat tugmasiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri mavjud.

Yangi mahsulot ichida MediaTek Dimensity 9000 chipseti, 8 yoki 12 Gb tezkor xotira va 256 yoki 512 Gb ichki xotira mavjud. 9510 mA/soat quvvatli batareya 67 Vt tez zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydi. Orqa tomonda 13 megapikselli kamera va old tomonda 8 megapikselli kamera mavjud.

Xitoyda OPPO Pad 2`ning rasmiy narxlari:

  • 8/256 GB — 436 dollar (4 977 000 so‘m);
  • 12/256 GB — 495 dollar (5 641 000 so‘m);
  • 12/512 GB — 582 dollar (6 637 000 so‘m).

OPPO Find X6 va X6 Pro

Yangi Find X6 2772×1240 pikselli, 1 dan 120 Gs gacha moslashuvchan yangilanish tezligi va 1450 nitgacha bo’lgan yorqinligi bilan 6,74 dyuymli AMOLED ekranga ega bo’ldi. X6 Pro 6,82 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, 3168×1440 piksel o‘lchamlari va 2500 nitgacha yorqinligi bilan ajralib turadi. Smartfonlarda barmoq izlari skaneri displeylar ostida joylashgan.

MediaTek Dimensity 9200 Find X6 ichiga oʻrnatilgan, Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipi X6 Proʼga oʻrnatilgan. Kichik versiyada 80 Vt tez zaryadlanuvchi 4800 mA/soat akkumulyator, Pro versiyasida esa 100 Vt quvvatga ega 5000 mA/soat akkumulyator mavjud.

Vizual ravishda OPPO Find X6 va X6 Pro kamera bloklari bir xil ko’rinadi, ammo ulardagi modullar boshqacha:

  • Find X6 — 50 megapikselli asosiy (Sony IMX890, 1,6 mkm, f/1.8, 24 mm fokus uzunligi, OIS), 50 megapikselli keng burchakli (Samsung JN1, ½.8″, f/2.0, 112 daraja tortish burchagi, 15 mm, avtofokus — makro 3 sm dan boshlnadi), 50 megapikselli periskop (Sony IMX890, f/2.6, 2.0 mkm, optik 3x kattalashtirish, 65 mm, minimal fokus uzunligi 25 mm, OIS) va 32 megapikselli old kameraga (Sony IMX709, f/2.4, 90 daraja burchak, avtofokus) ega;
  • Find X6 Pro — 50 megapikselli asosiy (Sony IM989, 1.6 mkm, f/1.8, 23 mm fokus uzunligi, OIS), 50 megapikselli keng burchakli (Sony IMX890, f/2.2, 15 mm, avtofokus), 50 megapikselli periskop (Sony IMX890, f/2.6, 2,0 mkm, 3x optik zoom, 65 mm, minimal fokus uzunligi 25 mm, OIS) va 32 megapikselli old kameraga (Sony IMX709, f/2,4, 90 daraja tortish burchagi, avtofokus) ega.

Yangi mahsulotlarning korpuslari stereo dinamiklarga ega va suvdan himoyalaydigan texnologiyaga ega: X6 IP64 standartiga muvofiq himoyalangan, X6 Pro esa IP68 standartda. OPPO Find X6 asosiy modellari qora, yashil va och jigarrang oynali variantlarda 12/256 GB va 16/512 GB xotiraga ega, 654 dollar va 727 dollar (7 464 000 va 8 294 000 so‘m) narxlarda sotuvga chiqariladi. Katta Find X6 Pro`ning, shishali qora va yashil versiyalariga qo’shimcha ravishda, kumush shisha va to’q sariq rangli eko-charm bilan birlashtirilgan versiyada uchta konfiguratsiyada taqdim etiladi: 12/256 GB (872 dollar — 9 952 000 so’m), 16/256 GB (945 dollar — 10 783 000 so’m) va 16/512 GB (1017 dollar — 11 612 000 so‘m).

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ