Redmi Note 12 Turbo`ni Garri Potter fanatlari uchun versiyasi bilan birga taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 957
Redmi Note 12 Turbo`ni Garri Potter fanatlari uchun versiyasi bilan birga taqdim etdi

Redmi brendi Redmi Note 12 liniyasi qurilmalari orasida eng ilg‘or texnologiyaga ega Note 12 Turbo smartfonini taqdim etdi.

Yangi smartfon tomonlar nisbati 20:9 va 2400×1080 pikselli 6,67 dyuymli AMOLED displeyiga ega bo’ldi. Tasvirning yangilanish tezligi ekranda ko’rsatilgan tarkibga qarab 30/60/90/120 Gs qiymatlari orasida o’zgarishi mumkin. Ta’kidlanishicha, smartfon ekranining hoshiyalari iPhone 14`nikiga qaraganda torroq: tepasi 1,42, yon tomoni 1,95, pastki qismi esa 2,22 mm ga teng.

Note 12 Turbo ichida Qualcomm Snapdragon 7+ Gen 2 chipi, shuningdek, 8, 12 yoki 16 GB operativ xotira va 128, 256, 512 GB yoki 1 TB xotira o‘rnatilgan. 5000 mA/soat batareya 67 Vt tez zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydi. Redmi’ning so‘zlariga ko‘ra, bir marta quvvatlangan smartfon taxminan bir yarim kun «yashashga» qodir.

Yangilik to’rtta kamera moduliga ega: 64 megapikselli asosiy (½ ″, 4-in-1 yig’ishda 1,4 mkm, OIS), 8 megapikselli keng burchakli (f/2.2, suratga olish burchagi 120 daraja), 2 megapikselli makro (f / 2.4) va 16 megapikselli old (AI, HDR) kamera bilan jihozlangan. Asosiy kamera tasvirni optik barqarorlashtirish, shuningdek In-Sensor Zoom va Xiaomi Imaging Brain 2.0 texnologiyalarini qo‘llab-quvvatladi.

Xitoyda Redmi Note 12 Turbo narxi:

  • 8/256 GB — 291 dollar (3 313 000 so‘m);
  • 12/256 GB — 320 dollar (3 644 000 so‘m);
  • 12/512 GB — 349 dollar (3 975 000 so‘m);
  • 16 GB / 1 TB — 408 dollar (4 638 000 so‘m).

Bundan tashqari, taqdimot davomida Garri Potter muxlislari uchun Redmi Note 12 Turbo Harry Potter Edition versiyasi e’lon qilindi. Smartfonning orqa paneli maxsus naqsh bilan qoplangan, u MIUI 14 «qobig'i» uchun kontent bilan to’ldiriladi. Maxsus versiya o’z ichiga maxsus g’ilof, 93/4 platformali skrepka, stikerlar, kengaytirilgan paketda xat, ya’ni Xogvartsga qabul qilingani haqida yosh sehrgarlarga kelgan narsalarni eslatuvchi xabar xati kiradi.

Redmi Note 12 Turbo Harry Potter Edition 12/256 GB versiyasida Xitoyda 349 dollar (3 975 000 so‘m) turadi.

Garri Potter maxsus to’plami ham bonusga ega bo‘ldi — cheklangan to’plam uchun Redmi Buds 4 Hogvarts uslubidagi dizaynli minigarnituralar, charm g’ilof ham chiqarildi. Narxi — 58 dollar (662 000 so‘m).

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ