Xiaomi qo‘ng‘iroqlar va musiqa tinglash imkonini beruvchi “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 879
Xiaomi qo‘ng‘iroqlar va musiqa tinglash imkonini beruvchi “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi

Xiaomi yangi gadjet — Mijia Smart Audio Glassesni taqdim etdi. Bu telefonda gaplashish va musiqa tinglash imkonini beruvchi “aqlli” ko’zoynaklardir.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, ko’zoynak korpusidagi karnaylarning ovozi faqat foydalanuvchiga eshitiladi. Buning yordamida atrofdagilar mahsulotning musiqiy afzalliklari haqida bilishmaydi va maxfiy suhbatlarni eshitishmaydi.

Yangilik bir vaqtning o’zida ikkita qurilmaga ulanishi mumkin. Masalan, musiqa tinglash yoki video tomosha qilish uchun telefonga ulanish bilan birga kompyuterga ulanib, qo’ng’iroqlarga istalgan vaqtda javob berish mumkin. Qulay tarzda musiqa tinglash uchun shovqinni kamaytirish funksiyasi mavjud, atrofdagi tovushlar musiqaga xalaqit bermaydi.

Korpusda akkumulyator mavjud bo‘lib, Xiaomi ma’lumotlariga ko‘ra, u yetti soatgacha suhbatlashish, 10 soatgacha musiqa tinglash yoki aralash rejimda 22 soatgacha ishlash imkonini beradi. Korpus IP54 standarti bo‘yicha chang va namlikdan himoyalangan, shuning uchun ham Toshkentdagi chang bo‘ronlari ham, yengil bahor yomg‘iri ham yangilik uchun dahshatli emas.

Qurilma kraudfanding doirasida 116 dollar (1 325 000 so‘m) narxida chiqarilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ