Samsung bo'shliqlarsiz Galaxy Z Fold5`ni va jild ekranli Z Flip`ni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 485
Samsung bo'shliqlarsiz Galaxy Z Fold5`ni va jild ekranli Z Flip`ni taqdim etdi

Samsung kompaniyasi Seuldagi Galaxy Unpacked yozgi taqdimotida yangi buklanadigan smartfonlar — Galaxy Z Fold5 va Z Flip5`ni taqdim etdi. Ular yaxshilangan sharnirler va boshqa jihatlarga ega.

Samsung Galaxy Z Flip5

Samsungning yangi ixcham buklanadigan smartfoni ikkita muhim o‘zgarishlarga ega bo‘ldi: telefonning ikki qismini oldingi avlodlarda chang to‘planishiga sabab bo’lgan bo‘shliqlarni yuzaga keltirmaydigan yangi sharnir va kattaroq tashqi ekran qo’yildi. Smartfonda IPX8 suvdan himoya texnologiyasi bor: uni 30 daqiqa davomida 1,5 metr chuqurlikkacha suv ostida ushlab turish mumkin.

Tashqi Super AMOLED displey kattalashtirilgan o’lchamlari tufayli diagonali 3,4 dyuymgacha o’sdi (ilgari Flip4 va Flip3da u 1,9 dyuym edi), o’lchamlari esa 720×748 pikselgacha (260×512 edi) qilinib, funksionallari takomillashtirildi. Endi uning yordami bilan asosiy kameralarda bildirishnomalarni ko’rish va fotosuratlar hamda videolar olish qulayroq bo’ladi.

Ichki displey oldingi avloddagi kabi qoldirildi. Displey o’sha-o'sha, bukiluvchan, 6,7 dyuym diagonalli Dynamic AMOLED 2X. Uning o’lchamlari 2640×1080 piksel, tasvirni yangilash tezligi esa 120 Gs. Barmoq izi skaneri yoqish tugmachasida joylashgan.

Qurilma ichida Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipi, 8 yoki 12 Gb tezkor xotira va 128, 256 yoki 512 Gb ichki xotira mavjud. 3700 mA/soat sig‘imli akkumulyator 25 Vt quvvatgacha zaryad olishni ta’minlaydi. Samsung telefonning 30 daqiqada 50 foizgacha quvvatlana olishini e’lon qildi. Shuningdek, 15 Vt simsiz zaryadlovchi va boshqa gadjetlarni quvvatlash uchun 4,5 Vt reversiv zaryadlovchi qurilma ham mavjud.

Flip5 uchta kameraga ega: har biri 12 megapikselli asosiy kamera (f/1,8, 24 mm, 1/1,76, 1,8 mikron, Dual Pixel PDAF, OIS) va ultra keng burchakli (f/2,2, 123 daraja, 1,12 mikron), shuningdek, 10 megapikselli old kamera (f /2.4, 26 mm, 1.22µm) mavjud. Smartfon videoni sekundiga 60 kadr tezlikda 4K gacha ruxsatda yozib olishi mumkin.

O‘zbekistondagi rasmiy narxlar:

  • 12/256 GB — 12 999 000 so’m;
  • 12/512 GB — 13 999 000 so’m.

Samsung Galaxy Z Flip5`ga oldindan buyurtma bergan ilk xaridorlarga Galaxy Watch5 44 mm va’da qilingan.

Samsung Galaxy Z Fold5

Katta hajmli yangi buklanadigan smartfon Samsung Galaxy Z Fold5 o‘tgan yilgi Fold4'dan deyarli farq qilmaydi — faqat telefonning ikki yarmini bir-biriga yaqin buklash imkonini beruvchi takomillashtirilgan sharnir, yangi telefoto va protsessor o’rnatildi. Smartfon korpusi IPX8 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan: uni 1,5 metr chuqurlikda 30 daqiqa davomida olib yurish mumkin. Shuningdek, yangi qurilma uchun kompaniya o’yinlardan iborat va ko’p vazifali sinov tajribasini va’da qilmoqda, shuningdek, stilus qo’yish uchun bo’linmasi bo’lgan g’ilofni taklif qiladi.

Z Fold5`dagi tashqi Dynamic AMOLED 2X ekrani hali ham tor, tomonlar nisbati 6,2 dyuymli diagonalda 23.1:9 ga teng. 904×2316 piksel o’lcham va 120 Gs yangilanish tezligiga ega. Ichki 7,6 dyuymli Dynamic AMOLED 2X ekrani 1812×2176 piksel o’lcham, 120 Gs, HDR10+ hamda stilus yordamida yozish imkoniyatiga ega.

Qurilma ichida Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipi, 12 GB operativ xotira va 256,512 GB yoki 1 TB ichki xotira mavjud. 4400 mA/soat sig‘imli akkumulyator 25 Vt quvvatga ega quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung kompaniyasi telefonning 30 daqiqada 50 foizgacha zaryadlanishni va’da qilmoqda. Shuningdek, 15 Vt simsiz zaryadlovchi va boshqa gadjetlarni zaryadlash uchun 4,5 Vt reversiv zaryadlash uskunasi ham mavjud.

Fold5 beshta kameraga ega: 50 megapikselli asosiy kamera (f/1,8, 23 mm, 1,0 mikron, Dual Pixel PDAF, OIS), 12 megapikselli telefoto (f/2,4, PDAF, OIS, 3x optik zum), 12 megapikselli ultra keng burchakli (f/2,2, 123 daraja, 12 mm, 1,12 µm), 10 megapikselli tashqi old kamera (f/2,2, 24 mm, 1/3, 1,22 mkm) va old tomoni ichki ekran ostidagi 4 megapikselli (f/1,8, 26 mm, 2,0 mikron) kamera o’rnatilgan. Telefon videoni sekundiga 30 kadr tezlikda 8K gacha ruxsatda yozib olishga qodir.

O‘zbekistondagi rasmiy narxlar:

  • 12/256 GB — 20 999 000 so’m;
  • 12/512 GB — 22 999 000 so’m;
  • 12 GB/1 TB — 24 999 000 so’m.

Samsung Galaxy Z Fold5`ga oldindan buyurtma bergan ilk xaridorlarga Galaxy Watch5 Pro va’da qilingan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ