Samsung Galaxy Tab S9 planshetlari va Galaxy Watch`ni namoyish etdi

E’lon qilingan sana· 201
Samsung Galaxy Tab S9 planshetlari va Galaxy Watch`ni namoyish etdi

Seulda bo’lib o’tgan Galaxy Unpacked yozgi taqdimotida Samsung uchta yangi Galaxy Tab S9 plansheti va ikkita Galaxy Watch6 aqlli soatini taqdim etdi.

Samsung Galaxy Watch 6

“Aqlli” soatlar ikkita versiyada taqdim etildi: asosiy Watch6 va mexanik hoshiyali Watch6 Classic. Ikkala versiya ham ikkita o’lchamda chiqarildi: 40 va 44 mm bo’lgan Watch6 va 42 va 46 mm bo’lgan Watch6 Classic. Soat korpusi IP68 standartiga muvofiq suv kirishidan himoyalangan va 5ATM yukiga bardosh bera oladi.

40 mmli Watch6 va 43 mmli Watch6 Classic 432×432 pikselli 1,31 dyuymli ekranga ega, 44 va 47 mmli modellar esa 480×480 pikselli 1,47 dyuymli ekranga ega. Batareya quvvati — mos ravishda 425 va 300 mAh. Qurilma ichida 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, shuningdek, Exynos W930 protsessori o‘rnatilgan.

Yangi mahsulotlar yangi siferblatlar va tasmalarga ega bo’lib, ular endi yangi mexanizm yordamida biriktiriladi — kamarlarni almashtirish osonroq bo’ladi.

AQShdagi rasmiy narxlar:

  • Watch6 — 299 dollar (3 480 000 so‘m);
  • Watch6 Classic — 399 dollar (4 640 000 so‘m).

Samsung Galaxy Tab S9

Shuningdek, taqdimot davomida Samsung beshta yangi planshetni namoyish etdi: Tab S9, S9+ va S9 Ultra, ular ikkita SIM-kartali versiyalarda mavjud.

Barcha Galaxy Tab S9 planshetlari ikkita SIM-karta qo’yish imkoniyati bilan ajralib turadi: bitta oddiy sim-karta va E-SIM. Tab S9, S9+ va S9 Ultra mustahkamlangan alyuminiydan tayyorlangan va IP68 darajasida suvga to‘liq chidamli bo‘lib, u bilan birga suvga sho’ng’ish mumkin. Shuningdek, ushbu modellar uchun stilus ham mavjud, u ham suvga chidamli. Bundan tashqari, ushbu qurilmalar yangi protsessor — Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 va to’rtta stereo dinamik bilan birlashtirilgan.

Yangiliklar ekran o‘lchamlari bo‘yicha farqlanadi: S9'ning kattaligi 11 dyuym, S9+`niki 12,4 dyuym va S9 Ultra`niki 14,6 dyuym. S9 bazasida ikkita kamera mavjud: 13 megapikselli asosiy va 12 megapikselli old kamera. S9+ uchta kameraga ega: 13 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli keng burchakli kamera va 12 megapikselli old kamera. Yangilari orasida eng kattasi, S9 Ultra esa to’rtta modulga ega: 13 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli keng burchakli va 12 megapikselli ikkita frontal kameraga ega.

AQShdagi rasmi narxlar:

  • Tab S9 — 799 dollar (9 293 000 so’m);
  • Tab S9+ — 999 dollar (11 620 000 so’m);
  • Tab S9 Ultra — 1 199 dollar (13 945 000 so’m).
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ