iPhone 15 USB-C quvvatlash porti bilan ishlab chiqarilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 131
iPhone 15 USB-C quvvatlash porti bilan ishlab chiqarilishi mumkin

Apple kompaniyasi 12-sentyabr kuni taqdimotini o‘tkazadigan yangi iPhone 15 USC-C porti bilan ishlab chiqarilishi chiqishi mumkin. Lightning portidan nafaqat yangi smartfonda, balki AirPods Pro’da ham voz kechilmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.

Lightning porti bilan jihozlangan iPhone’lar bir necha yildan beri ishlab chiqarib kelinayotgandi, ammo Yevropa ittifoqining talabi bilan endi Apple ham o‘z qurilmalarini USB-C quvvatlash porti bilan ishlab chiqarishi kerak. Ittifoqning talabiga ko‘ra, barcha mobil qurilma ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 2024-yilning so‘ngiga qadar USB-C portiga o‘tishi kerak.

Apple USB-C'ga o‘tishga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, kompaniya bu harakatni sezilarli yaxshilanish sifatida taqdim etadi, deb ta’kidlamoqda Bloomberg. Xaridorlarga yangi port ma’lumotlarni tezroq uzatish, ba’zi hollarda esa qurilmani tezroq quvvatlash imkonini beradi deb aytiladi. Va eng muhimi, USB-C ga o‘tish tufayli iPhone, iPad, MacBook, shuningdek, boshqa kompaniyalar tomonidan chiqarilgan boshqa qurilmalar uchun bitta quvvatlash moslamasidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kompaniya USB-C iPhone’larni faqat Yevropa bozori uchun chiqarishi mumkin edi, biroq bu ta’minot zanjiri muammolari va iste’molchilarning chalkashliklariga olib kelishi mumkin — Apple ikkisidan ham qochish niyatida. Biroq, Bloomberg ta’kidlaganidek, yangi portga o‘tish qarori Apple uchun juda og‘riqli bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, iPhone 15 va boshqa yangi gadjetlar taqdimoti 12-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ