Google Android’ning logotipini yangiladi

E’lon qilingan sana· 120
Google Android’ning logotipini yangiladi

Google kompaniyasi Android bredining yangilangan ranglar palitrasiga ega bo‘lgan yangi logotipini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Spot.

Yangi logotipda endi “android” so‘zidagi A harfi katta bo‘ladi, eskisida esa barcha harflar kichik yozilgan. Kompaniyaning qayd etishicha, bu o‘zgarish Google logotipi yonida unga ko‘proq vazn beradi.

“Shrift yangilanishi Android qurilmalari va Google ilovalari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshiroq bog‘lanishiga ko’maklashadi”, deya tushuntirdi kompaniya brend menejeri Jeyson Fournier.

Shuningdek, uning aytishicha, Android’ning asosiy yuziga aylangan 3D robot endi kattaroq va ko‘proq xarakterga ega bo‘ladi. Uning to‘liq tana ko‘rinishi ham personajdan real hayotda va raqamli muhitda foydalanishni osonlashtirish uchun yangilangan.

Kompaniya 2023-yil oxirigacha yangi logotipdan foydalanishni boshlaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ