Osh ham bor: Samsung sun’iy intellekt asosida ishlaydigan retsept taklif qluvchi Food ilovasini ishga tushirdi

E’lon qilingan sana· 145
Osh ham bor: Samsung sun’iy intellekt asosida ishlaydigan retsept taklif qluvchi Food ilovasini ishga tushirdi

Samsung kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlovchi ovqat va retsept ilovasini ishga tushirdi. Ilova Food deb nomlanadi va unda 104 ta davlat oshxonasidan 160 mingdan ziyod retsept mavjud hamda 8 ta til qo‘llab-quvvatlanadi.

Ilova foydalanuvchilarning oshxona asboblarini nazorat qiladi, ularning ehtiyojlariga moslashtirilgan ovqatlanish rejalarini yaratadi va yangi retseptlar taklif qiladi.

Shuningdek, ilova turli maishiy texnikalarni telefon orqali boshqarish va ulardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Sun’iy intellekt muzlatgich tarkibini boshqarishi, xaridlar uchun rejalar tuzishi, turli xil parhezlar uchun taom tayyorlashi va shaxsiy so‘rovlar uchun retseptlarni yangilashi mumkin bo‘ladi.

Food’ga 2024-yildan boshlab Vision AI texnologiyasini joriy qilinadi, u ovqatlanish haqidagi ma’lumotni faqat taomning rasmini olish orqali aniqlaydi va xabarlarga ko‘ra, foydalanuvchi o‘zida mavjud bo‘lgan ingredientlar yordamida yaratishi mumkin bo‘lgan retseptlarni tavsiya qiladi, deb qo‘shimcha qilingan Samsung kompaniyasi xabarida.

Ilovaga kiritilgan oshxonalar qatorida O‘zbekistonniki ham bor. Masalan, ilovadan “uzbek” deb qidirilsa, osh va kalpatir retseptini chiqarib beradi. Quyidagi skrinshotda osh retsepti.

Ilovani Android tizimida ishlovchi smartfonlarda Google Play do‘konidan bepulga ko‘chirib olish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ