Galaxy Z Flip5 sharhi: buklanadigan smartfonlar nima uchun kerak?

E’lon qilingan sana· 469
Galaxy Z Flip5 sharhi: buklanadigan smartfonlar nima uchun kerak?

Muharririmiz bir hafta davomida Samsung’ning yangi mahsulotlari — Galaxy Watch6 va Watch6 Classic, flagman Galaxy Tab S9 va S9 Ultra planshetlari hamda Galaxy Z Fold5 va Z Flip5 buklanadigan smartfonlarining barcha imkoniyatlarini sinchiklab sinovdan o‘tkazdi. Yangi sharhda Nikita Galaxy Z Flip5 buklanuvchan smartfoni haqidagi taassurotlari va flip formati dunyoni qanday qilib yaxshi tomonga o’zgartirayotgani, odamlarga bizning zamonamizning eng zararli odatini yengishga yordam berishi haqida gapirib beradi.

Barcha Flip5 xususiyatlari haqida bizning yangiligimizda topish mumkin — ularni ushbu sharhga kiritmadik.

Dizayn va ergonomika

Yangi mahsulotning oldingi avloddan bitta asosiy farqi bor — kattalashtirilgan tashqi ekran, undan foydalanish ancha qulayroq bo‘ldi. Boshqa tomondan, Flip5 korpusi, uning materiallari, shakli va ergonomikasi Flip4 bilan butunlay bir xil.

Biz ikkita versiyani — och pushti va och yashil rangdagilarini sinab ko’rdik. Sotuvda quyuq kulrang va qaymoq ranglarini ham topishingiz mumkin. Ammo boshqa mamlakatlarda boshqa versiyalar ham bor — oq, yashil, ko’k va sariq, albatta, ular menga juda yoqdi.

Telefon kundalik hayotda foydalanish juda yoqimli — u ixcham o‘lchamda, uzun korpusi tufayli qo‘lga qulay joylashadi va sirpanib ketmaydi. Va stressli daqiqalarda xuddi spinner kabi uni ochib-yopish juda yoqimli.

Tashqi ekran-papka

Yangi flip smartfon dizayni ilk bor internetga “sizdirilganda”, men papka shaklidagi ekran qandaydir tarzda dasturiy ta’minot borasida rol o’ynasa kerak yoki ular bu formatni boshqa narsa bilan asoslashadi deb o’ylagandim. Ammo bu sodir bo’lmadi — ekran oddiygina papka ko’rinishida yaratilgan: Galaxy Z Flip5-ga na Motorola Razr 40 Ultra kabi animatsion maskotli dasturiy ta’minot, na boshqa xususiyatlar qo’shilmagan.

Men Samsungga hech bo’lmaganda keyingi proshivkada papka ko’rinishida fon rasmi qo’shishni taklif qilaman va Flip6`da “barcha ma’lumotlaringiz xavfdan himoyalangan” shiori yoki shunga o’xshash narsa bilan xavfsizlikka biroz e’tibor berishni taklif qilaman. Va agar unday qilinmasa, u holda ekranni to’g’ri formatda, masalan, OPPO Find N3 Flip dagi kabi qilib yasashga to’g’ri keladi.

Flip5`ning Flip4`ga nisbatan ikkinchi katta o’zgarishi, katta tashqi displeydan tashqari, buklanganda ikki tomoni orasidagi bo’shliqning yo’qligi.

Umuman olganda, tashqi displey juda zo’r va katta afzalliklarga ega bo’lib, bizning zamonamizning asosiy yomon odati — ijtimoiy media lentalarini maqsadsiz ko’rib chiqish va telefonga yopishib qolishdan xalos bo’lishga yordam beradi. Kattalashtirilgan o’lchami tufayli ushbu ekran musiqani boshqarish, bildirishnomalar, taqvim, diktofonga audio yozib olish, taymerni ishga tushirish, asosiy kameralar yordamida fotosuratlar va videolar olish va hatto YouTube’da videolarni tomosha qilish uchun qulaydir.

Ammo qolgan barcha funksiyalar uchun ichki katta displey juda qulay.

Ichki ekran

Flip5`ni ochgandan so’ng, ichki ekranda hech qanday o’zgarishlarning yo’qligi darhol ko’zga tashlanadi. O’lchamlar, piksellar soni va boshqa xususiyatlar bir xil, faqat bitta narsadan tashqari — Samsung eng yuqori darajadagi yorqinlik oshirilganini aytmoqda. Ammo men bu o’sishni sezmadim, chunki oldingi flipda quyosh ostidafoydalanganda yetarlicha yorqinlik bor edi.

Ekran o‘rtasidagi burma hech qayerga yo‘qolgani yo‘q, lekin siz bunga ko‘nikishingiz mumkin — oddiy smartfonlardan keyin buni sezmaslik uchun bir necha soat foydalanish kerak. Ammo cho’zilgan fliplarga ko’nikish uchun biroz ko’proq vaqt ketadi, chunki tor klaviaturada yozish ma’lum mahorat talab qiladi. Biroq, bu tomonlar nisbati bir vaqtning o’zida ikkita ilovadan qulay foydalanish imkonini beradi — masalan, tepada YouTube va pastda Telegram`dan.

Kuchli afzallik

O’zining ixcham o’lchamlariga qaramay, unumdorlik nuqtai nazaridan Galaxy Z Flip5 barcha zamonaviy vazifalarni osonlikcha bajara oladigan to’laqonli flagmandir. Ikki xil flipdan bir hafta davomida foydalanib, men biron bir nosozlik yoki sekinlashuvga duch kelmadim. Hatto o’yinlar ham maksimal grafik sozlamalarida muammosiz ishlaydi.

Kichik batareya

Yangi Flip5 oldingi Flip4 bilan bir xil batareya quvvatiga ega. Bu yomon, chunki yangi mahsulot tashqi displey hajmini oshirdi va shuning uchun unda quvvat sarfi ham yuqoriroq. Shu bilan birga, oldingi flip smartfonlar avtonomiya darajasining pastligidan aziyat chekkan — bu haqda o’tgan yilgi sharhda o’qishingiz mumkin.

Men yangi Flip`ni kuniga ikki marta faol ishlatganda — ertalab tayyorgarlik paytida va ishdan ketishdan oldin zaryad qilishim kerak edi. Va bu tashqi ekrandan foydalanish va Flip5`ning ochilish/yopilish sonini minimallashtirish intuitiv istagi tufayli siz undan oddiy smartfonga qaraganda kamroq foydalanasiz.

Smartfon 30 daqiqada 50% gacha zaryad oladi, bu zamonaviy smartfon uchun juda sekin. Ammo bunday past tezlik tufayli telefon batareyasi uzoq muddatgacha chidaydi. Simsiz va reversiv quvvatlagich yordamida Flip5 bilan boshqa smartfon va gadjetlarni ham quvvatlash mumkin.

Xuddi o’sha kameralar

Yangi Flip5 oldingi Flip4 bilan solishtirganda mutlaqo bir xil asosiy kameralarga ega. Yagona farqi ularning vertikal joylashuvidadir. Smartfondagi kameralar flagmancha kameralardir, ular yaxshi fotosuratlar va videolarni olishga qodir, lekin ular S23 Ultra kamerofonlari va boshqalar darajasiga yeta olmaydi.

Ekrandagi old kamera biroz yorqinroq bo’ldi — endi qorong’uda va kechqurun selfi yaxshiroq bo’ladi. Ammo bunday telefondagi old kamera faqat Telegram’dagi “aylana videolar” va videoqo‘ng‘iroqlar uchun kerak bo‘ladi. Selfilarni suratga olish uchun asosiysidan foydalangan ma’qul — bunday selfilar buklanmaydigan smartfonlardagiga qaraganda ancha yaxshi chiqadi. Ya’ni, fliplarni qo’rqmasdan “selfi qirollari” deb atash mumkin.

Xulosa va narx

Menga yangi Galaxy Z Flip5 yoqdi. U suvdan to’liq himoyalangan — men uni ko’p marta sinab ko’rdim, vaqti-vaqti bilan telefonni jo’mrak ostida yuvib ko’rdim, stereo karnaylar, tugmachadagi qulay barmoq izi skaneri, katta tashqi displey, yorqin ichki displey, interfeysdagi ba’zi yoqimli xususiyatlar va mukammal ishlash zaxirasi undan foydalanishni qulay qiladi. Ammo smartfonning akkumulyatori kuchsiz, komplektda uskunalar kam va narxi ham yuqori.

O’ylaymanki, Samsung yoki boshqa ishlab chiqaruvchilarning flip smartfonlari birinchi navbatda o’z telefoniga yopishib qolish odatini sezgan va undan xalos bo’lishni xohlaydigan har bir kishi uchun qiziqish uyg’otadi. Ikkinchidan, ixcham va g’ayrioddiy flagman qidirayotganlar uchun mos. O’ylaymanki, oldingi Flip4 smartfoni egalari yangisini olishga shoshishmagani ma’qul, lekin sizda oldingi modeli bo’lsa, yangisini yangicha his-tuyg'ular uchun sotib olish mumkin.

Sharh e’lon qilingan paytda Samsung Galaxy Z Flip5`ning O‘zbekistondagi narxi 830 dollardan (10 100 000 so‘m) boshlanadi.

Nikita Davidov
Muallif va fotosuratchi
Nikita Davidov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ