Google Pixel 8 va 8 Pro kamerofonlarini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 588
Google Pixel 8 va 8 Pro kamerofonlarini taqdim etdi

Google kompaniyasi “Made by Google” taqdimot marosimida yangi kamerofon — Pixel 8 va 8 Pro’ni namoyish qildi.

Pixel 8 yaltiroq orqa panel va mat qoplamali ramkaga ega, Pixel 8 Pro’da esa buni aksi — mat panel va yaltiroq ramka. Korpuslar IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. 8 Pro’da harorat sensori bor: u orqa kamera blokidagi chiroqcha ostida joylashgan. Google bu sensorni tana haroratini o‘lchashda foydalanish uchun AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan tasdiqlanganini aytib o‘tdi.

Pixel 8 ekrani OLED bo‘lib, diagonali 6,2 dyum, o‘lchamlari 2400×1080 piksel, chastotasi 60 dan 120 Gs gacha, yorqinligi esa 2000 nitga teng. Pixel 8 Pro’da esa OLED matritsali diagonali 6,7 dyum, o‘lchamlari 2992×1344 piksel, chastotasi 1 dan 120 Gts gacha va eng yuqori yorqinligi 2400 nitgacha.

Gadjetlarga Titan M2 chipli Google Tensor G3 protsessori, mos ravishda, 8 GB va 12 Gb tezkor xotira, 128 yoki 256 Gb va 128, 256, 512 Gb yoki 1 TB ichki xotira o‘rnatilgan. Pixel 8'da 4575 mA/soat, Pixel 8 Pro’da esa 5050 mA/soat akkumulyator bor. Ikkalasi ham 30 daqiqada 50% zaryadlashi mumkin va tez simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Odatiy versiyaga uchta kamera o‘rnatilgan: 50 MPli (f/1,68, 82°, OIS) asosiy, 12 MPli (f/2,2, 126°) kengburchakli va 10,5 MPli (f/2,2, 95°) old kamera. Pro versiyada esa kameralar soni 4 ta: 50 MPli (f/1,68, 82°, OIS) asosiy, 48 MPli (f/1,95, 126°) kengburchakli, 48 MPli (f/2,8, 5x zum, OIS) telefoto va 10,5 MPli (f/2,2, 95°) old kamera.

Google Photos ilovasiga Magic Editor funksiyasi qo‘shiladi: u bilan kadrdagi obyektlarni siljitish, o‘lchamini o‘zgartirish va orqa fonni o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu kamerofonga kadrdagi odamlarning turli yuz ifodasidan birini tanlash imkonini beruvchi Best Take funksiyasi ham taqdim etildi.

Google yangi mahsulotlar chiqarilgan kundan boshlab yetti yil davomida Android yangilanishlari, xavfsizlik patchlari va choraklik yangilanishlarni (Feature Drop) chiqarishga va’da berdi. Oldingi avlodlar besh yillik qo‘llab-quvvatlash bilan cheklangan edi (uchta DT yangilanishi + ikki yillik patchlar).

Pixel 8 qora, kulrang va pushti ranglarda, Pro esa qora, havo rang va forfor ranglarda taqdim etildi.

AQSHdagi rasmiy narxlar:

Pixel 8 128 GB — $699 (8 544 000 so‘m);
Pixel 8 256 GB — $759 (9 277 000 so‘m);
Pixel 8 Pro 128 GB — $999 (12 211 000 so‘m);
Pixel 8 Pro 256 GB — $1059 (12 944 000 so‘m);
Pixel 8 Pro 512 GB — $1179 (14 411 000 so‘m);
Pixel 8 Pro 1 ТB — $1399 (17 100 000 so‘m).

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ