2023 va hatto 2024-yilda qaysi iPhone`ni sotib olgan ma'qul?

E’lon qilingan sana· 1 144
2023 va hatto 2024-yilda qaysi iPhone`ni sotib olgan ma'qul?

12-sentabr kuni Apple dunyoga to’rtta yangi iPhone 15`ni taqdim etdi, bu esa odatdagidek brend muxlislari va joriy modellar qatoridagi barcha potensial xaridorlarni chalkashtirib yubordi.

Afisha muharriri Apple’ning ayni damda dolzarb versiyasidagi iPhone’larining yangilangan lineykasini ko‘zdan kechirdi, O‘zbekistondagi narxlarni aniqladi, xususiyatlarni solishtirdi. U 2023 va hatto 2024-yilda qaysi iPhone modellarini sotib olgan ma’qulligini va buning sabablarini tushuntiradi.

iPhone SE

Esimda, bir vaqtlar Apple ekran ostidagi dumaloq tugmachali smartfonlarni chiqargan. 2017-yildan boshlab, flagman modellarining dizaynida “kokil” paydo bo’ldi va Face ID hamda “ramkasiz” displeyga o‘zgardi. O’shandan beri allaqachon olti yil o‘tdi va hamma Touch ID`ni unutib, yangi ko‘rinishga o‘rganib qoldi. Biroq, kimdir iPhone SE`ni sotib olib, eski kunlarni eslashni va nostalgiyaga berilishni xohlab qolishi mumkin.

Ixcham telefonlarning boshqa muxlislari uchun ushbu modelni sotib olish mantiqan to’g’ri bo’lmaydi, chunki sotuvda iPhone 12 mini va 13 mini bor, ular har jihatdan SE dan ustundir. Ammo agar siz haqiqatan ham ekranning tepasida va ostida tugmasi hamda keng ramkalari bo’lgan iPhone`ni xohlasangiz, unda, albatta, sotuvda iPhone SE`dan boshqa variant yo’q.

Agar iPhone SE`ni faqat Touch ID tugmasi bor iPhone ishlatish niyati bo’lganda olgan ma’qul.

Toshkent shahridagi narxlar:

  • OLX (yangi) — 3 465 000 so‘mdan boshlab;
  • Olcha — 5 310 000 so‘mdan boshlab;
  • MacBro — 4 815 000 so‘mdan boshlab.

iPhone 12

iPhone 11`ni bemalol unutsak ham bo’ladi. Chunki u qalin ramkalar, dizayn, apparat va boshqa tomondan eskirgan IPS ekraniga ega. Demak, keyingi bir necha yil davomida yangi iPhone sotib olmoqchi bo’lganingizda iPhone 12` ga e’tibor qaratgan yaxshiroqdir — menimcha, bu hozirda Apple`ning asosiy smartfoni.

“O'n ikkinchi” o’zining tekis qirralari tufayli zamonaviy dizaynga ega. Biz shu yerda uning afzalliklari bilan yakunlashimiz mumkin edi, chunki bu nuqta tufayli Apple muxlislari allaqachon smartfon sotib olishga tayyor, ammo biz bunda obyektiv yondashamiz. Demak, iPhone 12 nafis ramkali yorqin OLED-displeyga, yuqori sifatli fotosuratlar va videolarni oladigan ikkita asosiy kameraga, barcha ilovalarda ishlay oladigan protsessorga va butun kun davomida aktiv foydalanishga yetadigan batareyaga ega.

Yangi smartfonga asossiz miqdorda pul sarflashni xohlamasangiz yoki yangisini sotib olishga imkoningiz bo’lmasa, oldingi har qanday modeldan ko’ra iPhone 12 yaxshiroq.

Toshkent shahridagi narxlar:

  • OLX (yangi) — 7 720 000 so‘mdan boshlab;
  • Olcha — 8 630 000 so‘mdan boshlab;
  • MacBro — 8 235 000 so’mdan boshlab.

iPhone 13 mini

12 mini bu tanlovga kiritilmadi, chunki Apple`ning so’nggi “mini"si yanada sig’imli batareyaga va ancha yaxshilangan kameralarga ega.

iPhone 13 mini ushbu narxdagi smartfon uchun munosib avtonomiyaga ega va bu borada o’zidan oldingi modeldan butunlay yaxshiroq. Bundan tashqari, 13 mini matritsali siljishli optik stabilizatsiyaga ega kameralar, kinematik tortishish rejimi, kuchli Apple A15 Bionic chipi va hozirgi iPhone 15`dagi kabi diagonal joylashtirilgan modulli kamera bloki bilan ajralib turadi.

iPhone 13 mini flagman imkoniyatlariga ega ixcham smartfonlarni sevuvchilar uchun xarid qilishga arziydi.

Toshkent shahridagi narxlar:

  • OLX (yangi) — 8 175 000 so‘mdan boshlab;
  • Olcha — 10 225 000 so‘mdan boshlab;
  • MacBro — 9 375 000 so‘m boshlab.

iPhone 14 Pro va 14 Pro Max

Agar siz iPhone Pro`ni 2023-yilda yoki hatto 2024-yilda sotib olsangiz, u keyingi bir necha yil uchun aktual bo’ladi deb o’ylayman. iPhone 14 Pro`da Apple mashhur “kokil"lardan voz kechib, uni Dynamic Island kesmasi bilan almashtirdi. Shuning uchun avvalgi 11 Pro, 12 Pro va 13 Pro joriy tanlovdan chiqarib tashlandi.

14 Pro va 14 Pro Max`ni oldingi avlodlardan ajratib turadigan narsa shunchaki faqatgina Dynamic Island emas. 14 Pro yorqin ekranlarga ega bo’ldi — 2000 nitgacha, moslashtirilgan tasvirni yangilash tezligi 1 dan 120 Gs gacha va Always On Display rejimi, kuchli A16 Bionic chipi, 48 MPlik asosiy kamera, yaxshilangan telefoto 3x optik zumli linzalar va yaxshi old kameralar bilan jihozlandi.

iPhone 14 Pro va 14 Pro Max joriy dizayndagi iPhone Pro`ni o’rtacha narxda olishni istagan har bir kishi uchun mos keladi.

Toshkent shahridagi narxlar:

  • OLX (yangi) — 11 600 000 so‘mdan;
  • Olcha — 14 000 000 so’mdan;
  • MacBro — 12 922 000 so‘mdan;
  • MediaPark — 15 514 000 so‘mdan;
  • Ideya — 13 500 000 so’mdan.

Nima uchun asosiy iPhone 15 va 15 Plus sotib olinmasligini alohida maqolada tushuntirdik.

iPhone 15 Pro Max

Ayni paytda eng yaxshisi va ayni paytda eng qimmati iPhone 15 Pro Max hisoblanadi. Nima uchun kichik 15 Pro tanlovda yo’q? 2023-yilda Apple faqat Max versiyasida besh karra optik zumli yangi kamerani taqdim etdi va 15 Pro`da oldingi modellardan faqat uch marta kattalashtirish funksiyasini qoldirdi.

Yangi mahsulot foydalanuvchilarga yangi material — titandan tayyorlangan korpusni taklif etadi. Shuningdek, smartfon biroz qiyshaygan qirralari, displey atrofidagi yupqa ramkalar, tovush rejimini o‘zgartirish tugmasi o‘rniga sozlanishi mumkin bo‘lgan yangi tugma, quvvatlash va ma’lumotlarni uzatish uchun USB-C porti hamda Ray Tracing`ni qo‘llab-quvvatlovchi Apple A17 Pro chipi bilan ajralib turadi.

Yangi iPhone 15 Pro Max sotib olishga puli yetadigan har bir kishi uchun va eng yaxshi, eng zamonaviy iPhone`ni xohlaydiganlar uchun xarid qilishga arziydi.

Toshkent shahridagi narxlar:

  • OLX (yangi) — 17 500 000 so‘mdan;
  • Olcha — 21 780 000 so‘mdan;
  • MacBro — 20 018 000 so’mdan;
  • MediaPark — 20 670 000 so‘m.

Natijalar

2023 va hatto 2024-yilda sotib olsa bo’ladigan asosiy Apple smartfoni bu — iPhone 12. Chunki imkoniyatlari darajasida eng yaxshi narx aynan shu smartfonda mavjud.

2023 va hatto 2024-yilda sotib olish uchun mumkin bo’lgan eng yaxshi Apple smartfoni iPhone 14 Pro va 14 Pro Max hisoblanadi.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ