Jeyms Uebb teleskopining kosmosdan olgan eng chiroyli suratlari namoyish etildi
E’lon qilingan sana: · 777

2021-yilning dekabr oyida NASA eng qimmat va kuchli Jeyms Uebb kosmik teleskopini koinotga uchirgandi. NASA ushbu teleskop 2023-yil davomida suratga olgan eng chiroyli fotolarni namoyish etdi.

1980-yillarning oxirida boshlangan va ko‘p marta uzaytirilgan loyihaga jami 10 milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflangan.

Uning yordamida koinotning ko‘rinadigan qismining eng chekkasi — 13,5 milliard yorug‘lik yili masofasigacha ko‘rish mumkin.

Teleskop birinchi suratlarni olti oydan keyin oladi. Jeyms Uebbning maqsadlaridan biri — yashashga yaroqli sayyoralarni izlash.





