Technovation Girls 2024 tanloviga arizalar qabuli boshlandi

E’lon qilingan sana· 155
Technovation Girls 2024 tanloviga arizalar qabuli boshlandi

“Technovation Girls 2024” xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi, deya xabar bermoqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati.

Ushbu tanlovda butun dunyodan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar qatnasha oladi. Loyiha doirasida offlayn-treninglar va seminarlar Toshkent, Nukus, Andijon, Namangan, Samarqand hamda Farg‘ona viloyati va shaharlarida o‘tkaziladi. Shuningdek, onlayn tarzda barcha kuzatib borishi mumkin.

Tadbir davomida dastur ishtirokchilari quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin:

  • mobil ilovalarni ishlab chiqish;
  • biznes-reja yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;
  • sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
  • jamoada ishlash;
  • loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;
  • BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;
  • O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda IT-kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishish.

“Sizda o‘z kuchingizni texnologik va ijtimoiy tadbirkorlikda sinab ko‘rish kabi noyob imkoniyat mavjud! Siz mentorlar ko‘magida, jamoa bilan birga, mamlakatimizdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni o‘zingiz yaratasiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalari xalqaro tanlov finalida Kremniy vodiysiga (AQSh) boradi.

“Technovation Girls 2024"da ishtirok etish uchun tanlov veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ