Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi

E’lon qilingan sana· 186
Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskka tegishli “Neuralink” kompaniyasida ilk marotaba inson miyasiga chip o‘rnatildi. Bu haqda milliarderning o‘zi X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

“Kecha Neuralink implanti bir kishiga o‘rnatildi va tiklanish yaxshi ketmoqda”, deb yozadi u sahifasida.

Neyrochip “Telepathy” deb nomlangan va Bluetooth tizimi orqali gadjetlarni miya orqali (hech qanday harakatsiz) boshqarish imkonini beradi. Qurilma eshitish vositasi kabi quloq orqasiga o‘rnatiladi. Loyiha 2016-yilda boshlangan, ilgari tadqiqot faqat hayvonlar ustida olib borilgan. Birinchi marta inson miyasida sinalayotgan loyiha istiqbolli ekanini yozadi Mask.

“Chip telefon yoki kompyuteringizni va ular orqali deyarli har qanday qurilmani shunchaki fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradi. Dastlabki foydalanuvchilar o‘z oyoq-qo‘llarini boshqarish qobiliyatini yo‘qotganlar bo‘ladi. Tasavvur qiling, Stiven Xoking mashinist yoki auksionchiga nisbatan tezroq muloqot qila olsa. Maqsad shu”, — deydi Mask.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ