TikTok‘da 30 daqiqagacha bo‘lgan videolarni joylash imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin

E’lon qilingan sana· 106
TikTok‘da 30 daqiqagacha bo‘lgan videolarni joylash imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin

TikTok platformasida 30 daqiqagacha video yuklash imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu funksiya hozircha ilovaning Android beta-versiyasida faqatgina ba’zi foydalanuvchilar uchun ochilgan.

Ushbu o‘zgarish TikTok’ni YouTube bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga olib kelishi va kompaniya YouTube’dagi uzunmetrajli kontentmeykerlarni jalb qilmoqchi ekani qayd etilmoqda.

Shuningdek, kompaniya ayrim hududlarda gorizontal to‘liq ekran rejimini sinovdan o‘tkazmoqda.

Bundan tashqari, o‘tgan yili TikTok videoning o‘ng tomonini bosib ushlab turish orqali oldinga tezlashtirish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirdi.

Hozirda bu ikki platforma bir-biriga raqobat paydo qildi. Avvallari TikTok’da faqatgina qisqametrajli videolar yuklash imkoni bo‘lgan, ammo keyinchalik ular olib tashlanib, hozirgi 30 daqiqalik videolargacha yetib keldi. YouTube esa vertikal va qisqa videolar uchun Shorts bo‘limini ochdi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ