Xitoyda aeromobillar sotuvga chiqariladi
Xitoyda 1-apreldan boshlab haydovchisiz boshqariladigan uchuvchi taksilar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda aeromobil ishlab chiqaruvchi “Ehang” kompaniyasi xabar berdi.
Kompaniya “EH216-S” haydovchisiz yo‘lovchi tashuvchi aeromobiliga 2023-yilda ushbu turda xizmat ko‘rsatish uchun ruxsatnoma olgan. Ta’kidlanishicha, aeromobil 130 km/soat tezlikka erisha oladi va bir zaryadda 30 km masofani bosib oʻtadi.
“EH216-S"ning narxi 2 390 000 yuanni tashkil qiladi. Bu AQSH dollarida salkam 336 ming dollar, o‘zbek so‘mida esa 4 148 810 400 (4 milliard 148 million 810 ming 400) so‘m bo‘ladi. Solishtirish uchun, bu pulga “UzAutoMotors"ning boshlang‘ich komplektatsiyadagi “Lacetti Gentra” (169 118 000 so‘mdan boshlanadi) avtomobilidan 24 ta xarid qilish mumkin.