Mercedes-Benz`ning Dubaydagi ulkan osmonoʻpar binosi haqida nimalar ma'lum?

E’lon qilingan sana· 300
Mercedes-Benz`ning Dubaydagi ulkan osmonoʻpar binosi haqida nimalar ma'lum?

Yanvar oyida oʻzining boʻlajak turar-joy binosining loyihasini taqdim etgandan soʻng, Mercedes-Benz u ichki qismlaridan ham qanday koʻrinishga ega boʻlishi haqidagi ma’lumotlar bilan boʻlishdi.

Loyihaga koʻra, hozirda Mercedes-Benz Places/Binghatti deb ataladigan osmonoʻpar bino 1 milliard AQSh dollari byudjetiga ega boʻlib, maksimal balandligi 341 m (1118 fut) ga yetadi va Dubayning markazida joylashgan boʻlib, dunyodagi eng baland bino Burj Xalifaning goʻzal manzaralaridan bahramand boʻlish imkonini ham beradi.

Osmonoʻpar binoning ichki qismi 65 qavatdan iborat boʻlib, ularning aksariyati hashamatli turar-joylardan iborat boʻladi. Hammasi boʻlib, u beshta ultra-eksklyuziv pentxaus kvartiradan tashqari, 2−4 ta yotoqxonasi boʻlgan 150 ta kvartiraga ega boʻladi. New York Post ma’lumotlariga koʻra, kvartiralarning har biri 10 million dollargacha turadi. Shuningdek, haydovchi xizmatlari, mehmonxona xodimlari uchun avtomatik toʻxtash joyi va manzarali basseynlarlardagi terrasalar kabi qulayliklar ham boʻlishi kutilmoqda.

Binoning oʻzi oʻq shaklidagi minora shaklida boʻladi va qisman quyosh panellari bilan qoplanadi, bu uning tarmoqqa asoslangan energiya ehtiyojlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ