Apple iPhone 16’ni besh xil versiyada chiqarishi aytilmoqda

E’lon qilingan sana· 192
Apple iPhone 16’ni besh xil versiyada chiqarishi aytilmoqda

Twitter’da Majin Bu nomli insayder Apple iPhone 16 liniyasining 5 ta versiyada chiqarilishini aytmoqda.

Unga ko‘ra, yangi avlod iPhone’larda Plus versiya bo‘lmaydi, uning o‘rniga SE model qo‘shiladi. Ular hamyonbop segmentda sotilishi kutilmoqda.

Majin Bu smartfonlar quyidagicha bo‘lishini aytmoqda:

  • iPhone 16 — 6,3 dyuymli 120 Gs chastotali ekran, ikkita kamera;
  • iPhone 16 Pro — 6,3 dyuymli 120 Gs chastotali ekran, uchta kamera;
  • iPhone 16 Pro Max — 6,9 dyuymli 120 Gs ekran, uchta kamera, rekord darajadagi batareya;
  • iPhone 16 SE va 16 Plus SE — 6,1 va 6,7 dyuymli 60 Gs ekran, bitta kamera, kichikroq batareya.

Insayder bu ma‘lumotlar haqiqat bo‘lmasligini ta‘kidlab, Apple haqiqatan ham bitta kamerali va 60 Gs ekranli smartfonni sinovdan o‘tkazayotganini aniq aytmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ