O‘zbekiston “Mustaqil sayohat menejerlari” uchun yaxshi bozorlar ro‘yxatiga kiritildi

E’lon qilingan sana· 811
O‘zbekiston “Mustaqil sayohat menejerlari” uchun yaxshi bozorlar ro‘yxatiga kiritildi

Trevolution Group tomonidan yaratilgan Dreamport platformasi chiptalar hamda turlar band qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u iqtidorli ishchilarga “Mustaqil sayohat menejerlari” sifatida shartnoma tuzish va frilanser sifatida faoliyat yuritish imkonini beradi.

ASAP Tickets, Skylux Travel, Oojo va boshqa yirik sayyohlik brendlarini boshqaruvchi jahon sayyohlik sanoatidagi ilg‘or kompaniyalardan biri hisoblangan Trevolution Group, o‘zining yangi Dreamport nomli sayohat platformasi uchun O‘zbekistonni tez o‘sayotgan hududlardan biri deb e’lon qildi.

Innovatsion raqamli vosita “Mustaqil sayohat menejerlarini” qo‘llab-quvvatlash birlashtirish maqsadida O‘zbekistonda 2023-yilning bahorida ishga tushirildi. Dreamport ishga tushirilgandan keyin birinchi oylarda mamlakatning turli hududlaridan 4500 dan ortiq frilanserlar kunlik daromad manbai sifatida platformadan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tdilar.

Toshkent, Namangan va Andijon O‘zbekistonning ko‘p sayohat agentlari keladigan shaharlar bo‘lib, AQSh, Nigeriya, Filippin va Hindiston dunyo bo‘ylab mijozlar tomonidan sayohat uchun tanlangan ommabop manzillar hisoblanadi.

Mashhur turizm manzillari ro‘yxatidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Hindiston platforma ishga tushirilgan birinchi bozorlar qatoridagi strategik hamkorlar sifatida tanlangan va bugungi kunga qadar 56 000 dan ortiq nomzodlar ro‘yxatdan o‘tgan. Nomzodlarning deyarli 35 foizi “Mustaqil sayohat menejeri” maqomini olish uchun tashkil etilgan baholash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdilar.

Dreamport iqtidorli ishchilarga “Mustaqil sayohat menejerlari” sifatida shartnoma tuzish imkonini beradigan umumiy vosita sifatida ishlab chiqildi, bu esa sayohat sanoatida frilanser sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini hamma uchun ochadi. Motivatsiyasi kuchli shaxslarga sayyohlik biznesida daromad olish va karyera qurish imkonini taqdim etish orqali global sayyohlik bozorini transformatsiya qilish uchun yaratilgan, bu esa o‘z o‘rnida sanoatning millionlab mijozlariga to‘liq masofadan xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Sayohat menejerining asosiy vazifalari mijozlarga sayohat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berish va xalqaro aviachiptalarni, shuningdek, yordamchi sayohat mahsulotlarini taklif qilishdan iborat.

Platforma barcha darajalarni o‘z ichiga oluvchi bepul ta’lim dasturini taklif qiladi, bu boshlang‘ich dasturdan to marketing, sotuv va mijozlarga xizmat ko‘rsatish, sayohat sanoati standartlari va raqamli vositalar kabi turli mavzularni o‘z ichiga oladi. U, shuningdek, sayyohlik biznesini yaratish va boshqarish jarayoni uchun qulay interfeysni ham taklif etadi.

Dreamport orqali foydalanuvchilar ASAP Tickets va Skylux Travel`dan mijozlar so‘rovlarini olib, har bir sotuv uchun komissiya oladilar. Platformaning komissiya to‘lash tuzilmasi yuqori raqobatbardosh hisoblanadi, bu esa foydalanuvchilarga mamlakatning istalgan nuqtasidan xizmat ko‘rsatib, katta daromad olish imkonini beradi.

“Masofadan ishlash mening geografik joylashuvimdan qat’i nazar o‘sish imkonini beradi va bu meni doimiy daromad bilan ta’minlaydi. Men doim o‘z Vatanimda yashashni xohlaganman va Dreamport tufayli o‘z oilamga qaytib, o‘z sayyohlik biznesimni qurish imkoniga ega bo‘ldim. Men uch oydan bir oz ko‘proq vaqt avval masofadan ishlashni boshladim va hozirda rejamdagi daromadni topib, kelajakdagi maqsadlarim uchun pul to‘plashni davom ettirmoqdaman.

Bu mening birinchi shaxsiy biznesim va bu tadbirkor bo‘lish orzuingizni amalga oshirish imkonini beruvchi boshlang‘ich sarmoya talab qilmaydigan bizneslardan biri", — deb ta’kidladi Toshkentda istiqomat qiluvchi Dreamport`ning “Mustaqil sayohat menejeri” Yulduz Karimova.

100% masofadan ishlaydigan platforma hisoblangan Dreamport yoshlar orasidagi ishsizlik muammolarini kamaytirishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va frilanser sifatida ishlash butun dunyo bo‘ylab keng tarqalayotganligi sababli, sayohat menejerining ishi kundan-kunga ko‘proq moslashuvchanlik va mustaqillikni qidirayotganlar uchun aqlli yechim bo‘lib qolmoqda. Ariza topshirish uchun yagona talab — bu ingliz tilini yaxshi darajada bilish va barqaror internet aloqasi. Bu sohada tajribaga ega yoki ta’lim olgan bo‘lishi shart emas, chunki har bir arizachiga jahon darajasidagi bepul treninglar taklif etiladi. Platformadagi barcha muloqotlar ingliz tilida ekanligini hisobga olsa, u agentlarga qisqa vaqt ichida og‘zaki va yozma til ko‘nikmalarini yaxshilash imkoniyatini ham beradi.

Dreamport hozirda o‘zining “Mustaqil sayohat menejerlari” dasturiga yangi arizalar qabul qilmoqda. O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan qiziqqan shaxslar Dreamport saytiga tashrif buyurib, dastur haqida ko‘proq ma’lumot olishlari va bepul ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


International Travel Netvork, ASAP Tickets, Skylux Travel, Dreamport va boshqa sayohat brendlarini boshqaruvchi Trevolution Group o‘zini do‘stlar va qarindoshlarni ziyorat qilishga ixtisoslashgan sayyohlik biznesida bozordagi yetakchisi kompaniyalardan biri sifatida ko‘rsatdi. Kompaniya Trevolution Group brendi ostida 2023-yilda 843 000 dan ortiq aviachiptalar va ta’til paketlarini sotdi va AQShda eng katta sayohat konsolidatorlari orasida beshinchi o‘rinni egalladi.

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ