ASUS'ning 2024-yildagi asosiy yangiliklari: Zenbook DUO, ROG Strix SCAR 18 noutbuklari, Zephyrus G14, G16 va geymerlar uchun gadjetlar

E’lon qilingan sana· 2 178
ASUS'ning 2024-yildagi asosiy yangiliklari: Zenbook DUO, ROG Strix SCAR 18 noutbuklari, Zephyrus G14, G16 va geymerlar uchun gadjetlar

Afisha.uz muharriri Dubayda boʻlib oʻtgan ASUS TECH EVOLUTION taqdimotidan reportaj va eng yangi mahsulotlarni taqdim etadi.

Mart oyi boshida Dubayda ASUS brendining hamkorlari va doʻstlari uchun ASUS TECH EVOLUTION taqdimoti boʻlib oʻtdi, unda kompaniyaning texnologik yechimlari taqdim etildi. Muallifimiz tadbirda ishtirok etdi va yangi mahsulotlarni sinab koʻrdi.

Maqolada qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan yangi noutbuklar, shaffof kompyuterlar, qayrilgan monitorlar, yarimshaffof korpusli katta o‘yin noutbuklari, zamonaviy o‘yin kompyuterlari va qo‘sh sensor-ekranli noutbuklarning o‘ziga xos xususiyati haqida soʻz boradi.

Geymerlar uchun aksessuarlar

Men hikoyamni odatda kamroq e’tibor beriladigan gadjetlar boʻlgan aksessuarlardan boshlayman.

Avvalo, meni stol kompyuterlari uchun chiroyli yoritgichli shaffof korpuslar oʻziga tortdi. Kuchli uskunaga ega kompyuterni sotib olayotganda uning real vaqtda qanday ishlashini koʻrishni va undan estetik zavq olishni xohlaysiz.

Geymer uchun “ish maydoni"ning ajralmas qismi sifatli monitor va qulay stuldir. Konferensiyada taqdim etilgan stullarga oʻtirib koʻrdim va juda xursand boʻldim. Bu stullarda hech qanday muammoga duch kelmasdan oʻyin oʻynash va ishlash vaqtida oʻnlab soatlarni oʻtkazish mumkin. Xoʻsh, qayrilgan keng ekranli monitorga toʻxtalsak, uning burchaklari xohishingizga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Bu darhol istaklarim roʻyxatiga qoʻshildi.

Yuqorida aytib oʻtilganlaridan tashqari, tashkilotchilar tadbirda qaramasdan foydalanish va o‘yin o‘ynash uchun qulay bo‘lgan premium simsiz klaviaturalarni ham taqdim etdi. Ammo klaviaturaning sifati va qulayligi ishning yarmidir — bu ajablantira olmaydi. Ammo vaqt, sana yoki boshqa ma’lumotlarni koʻrsatish uchun moʻljallangan klaviaturadagi displey ajoyib ishlangan. Nega boshqa ishlab chiqaruvchilar buni amalga oshirmaydi? Axir oʻyinni toʻxtatmasdan turib, soat necha boʻlganiga tezda qarash qimmatli hisoblanadi.

Sun’iy intellektga ega noutbuklar

2024-yilda foydalanuvchilar hatto smartfondan ham sun’iy intellektga kirish imkonini qoʻlga kiritganida, ASUS bulutli xizmatlaridan tashqariga chiqishga muvaffaq boʻldi. Endi sun’iy intellekt algoritmlariga ega o‘rnatilgan neyron protsessorlar (NPU) bilan jihozlangan Intel Core Ultra protsessorli yangi Zenbook egalari noutbuk orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ushbu protsessorlar, shuningdek, tizimning ish faoliyatini yaxshilashga va quvvat sarfini optimallashtirishga yordam beradi.

ROG Strix SCAR 18

Men koʻrgan eng katta oʻyin noutbuki oʻzining tashqi koʻrinishi va imkoniyatlari bilan kutganimdan ham yaxshiroq taassurot qoldirdi. Ma’lum boʻlishicha, bu oʻyin kompyuterlariga nisbatan imkoniyatlari past boʻlgan oddiy noutbuk emas, balki bozordagi koʻplab takliflardan ustun boʻlgan katta imkoniyatlarga ega oʻyin kompyuteri ekan.

Noutbuk yarimshaffof, dumaloq yoritgichli korpusi goʻzalligi bilan oʻziga rom etdi. Ularni joy va kayfiyatingizga qarab, didingizga moslashtirishingiz mumkin. Albatta, men sariq yorugʻlikni yoqdim va noutbukda biroz ishladim. Uning ingichka ramkali 18 dyuymli katta ekrani va yuqori tezlikda yangilanishi bilan hayratda qoldirdi.

Ushbu kompyuterda eng talabchan zamonaviy oʻyinlarni maksimal grafik sozlamalarida qotish va sekin ishlashidan qoʻrqmasdan foydalanishingiz mumkin.

ROG Zephyrus G14 va G16

Agar mendan: “Nikita, bu tadbirda taqdim etilgan qurilmalardan qaysi birini oʻzingga olib qolmoqchisan?”, — deb soʻrashsa, darhol “Och kulrangdagi Zephyrus G16 flagmani”, — deb javob bergan boʻlardim. Aynan shu qurilma oʻchmas taassurot qoldirdi. Bundan tashqari G14 modeli ham yaxshi va ixchamligi bilan e’tiborni tortdi.

Ikkala noutbukda ham chiroyli Slash LED yoritgichi mavjud boʻlib, unda bir qator chiroqlar noutbuk qopqogʻini diagonal ravishda kesib oʻtadi va bu qurilma geymerlar dunyosiga tegishli ekanligiga ishora qiladi. Shu bilan birga, noutbukning tashqi koʻrinishi juda oddiylik bilan ishlangani uchun hatto davlat idorasining xonalariga ham osongina mos tushadi.

G14 va G16 zamonaviy koʻrinishga ega boʻlib, qulay klaviatura va katta sensorli panelga ega nozik alyuminiy korpuslari ultra premium hisoblanadi. Noutbuklarda, shuningdek, rangli ROG Nebula OLED displeylari, kuchli AMD Ryzen yoki Intel Core Ultra chiplari, NVIDIA GeForce RTX kartalari va aqlli sovutish tizimlari mavjud.

ASUS Zenbook DUO (2024)

Tadbirning diqqatga sazovor tomoni kompaniyaning ikki ekranli kompyuter konsepsiyasi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan yangi noutbuki bo‘ldi. Qurilma birinchi navbatda ikkita bir xil 14 dyuymli displeyning mavjudligi bilan ajralib turadi, biroq u boshqa qator afzalliklarga ham ega. Masalan, yupqa va yengil korpus noutbukni ishga olib borish uchun va tizzangizga qo‘yib ishlashingizga uchun qulay hisoblanadi.

Ushbu tadbir davomida men tekshirib koʻrgan asosiy narsa shunda-ki, yangi Zenbook DUO — bu ishonchli qurilma boʻlib, shitirlash va tebranadigan elementlarsiz monolit tarzda yigʻilgan korpusga ega.

Ikkita ekranli noutbukning afzalliklari orasida ish uchun katta maydon va birgalikda ishlash imkoniyati mavjud. Lekin bu hammasi emas: ekranning burilish funksiyasi va simsiz klaviatura bilan noutbukingiz uchun ikkinchi monitor sotib olishning hojati boʻlmaydi.

ASUS muhandislari qurilma koʻp yil samarali ishlashi uchun kuchli uskunalar oʻrnatgan. Intel Core Ultra 9 protsessori maksimal versiyada AI algoritmlarini tezlashtirish uchun neyron protsessor vazifasini bajaradi, 32 Gb tezkor xotira va tez zaryadlanadigan 75 Vt akkumulyator ham mavjud.


Yangi qurilmalarni hozirda Toshkentda xarid qilish mumkin.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ