vivo V30: brend yangi smartfonning 5 ta ajoyib xususiyatlarini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 569
vivo V30: brend yangi smartfonning 5 ta ajoyib xususiyatlarini taqdim etdi

vivo jamoasi yangi smartfonning beshta xususiyatini, jumladan kuchli Qualcomm Snapdragon 7 Gen 3 protsessori va yorqin AMOLED displeyni e’lon qildi.

Bozorda doimiy ravishda koʻplab smartfonlar paydo boʻlishi bilan ularga qoʻyiladigan talablar ham ortib bormoqda. Shu sababli, vivo gadjetlar dunyosidagi hozirgi tendensiyalarni kuzatib bormoqda. Yangi V30 modeli dizayni va funksionalligi bilan hayratda qoldiradi.

Ushbu brend jamoasi talabchan foydalanuvchilarni qiziqtiradigan mazkur smartfonning beshta asosiy xususiyati haqida gapiririb oʻtdi.

Zamonaviy dizayn

Smartfonlar dizayni doimo rivojlanib bormoqda va yangi V30 ham bundan mustasno emas. Oʻzgacha nafis dizayn oldingi modellardan sezilarli farq qiladi. Ushbu smartfon ikkita zamonaviy ranglarda mavjud:

  • mat qoplamali qora rang;
  • rangni oʻzgartiruvchi fotoxrom effektli yashil rang.

Korpus ikkita qayrilgan hoshiyali shisha panellardan iborat boʻlib, ekrani mustahkam Schott kompaniyasi oynasi bilan himoyalangan va orqa paneli mat qoplamali mustahkam shishadan ishlangan. IP54 chang va namlikdan himoya xususiyati tufayli smartfondam hatto yomgʻirda ham shikastlanish xavfisiz foydalanish mumkin.

Kuchli 50 MP kamera va Aura Light portret tizimi

Bu yerda yangi mahsulot V seriyali oldingi modellardan ustundir. V30 smartfoni uchta 50 MP kameraga ega:

  • tasvirning optik stabilizatsiyasiga (OIS) ega asosiy;
  • keng burchakli;
  • avtofokus va 92 daraja koʻrish burchagiga ega old kamera.

LED chirogʻidan tashqari, gadjet “Aura Light” halqali portret orqa yoritqichga ega. Uning asosiy xususiyati kattalashtirilgan oʻlchamdir, buning natijasida yorugʻlik kadrda bir tekis taqsimlanadi va siz yuqori sifatli, detallarga boy rasmlarga ega boʻlasiz.

Kameralarnning va “Aura Light” yoritqichining bunday joylashuvi dizaynga ham koʻrkamlik beradi.

Kuchli protsessor va katta operativ xotira.

Smartfonning tezkor ishlashi Qualcomm kompaniyasining sakkiz yadroli kuchli Snapdragon 7 Gen 3 protsessori bilan bogʻliq. Bu yangi chipset boʻlib, uning yordamida gadjet ish jarayonida sekinlashmaydi.

Bundan tashqari, qurilma 256 GB gacha boʻlgan katta hajmdagi doimiy xotira va 12 GB operativ xotira (ROM) + 12 GB ROM xotirani virtual kengaytirish funksiyasi bilan jihozlangan. Bir vaqtning oʻzida 48 ta ilovadan foydalanishingiz va ular oʻrtasida tezda almashishingiz mumkin.

Yorqin AMOLED displey

Smartfonning AMOLED displeyi 120 Hz yangilanish tezligiga ega boʻlib, tezkor interfeys animatsiyasini ta’minlaydi. Ranglar palitrasi bir milliard tuslarni oʻz ichiga oladi va 2800 nit yuqori yorqinligi quyosh nurida ham aniq tasvirlarni ta’minlaydi. Bundan tashqari, koʻzni himoya qilish uchun koʻk nurning ulushi kamaytirilgan.

Ekrandagi tasvir qanchalik sifatli boʻlishini tasavvur qilib koʻrishingiz mumkin.

Ultra tez zaryadlash

Smartfon 80 W quvvatga ega FlashCharge tez zaryadlash funksiyasi bilan jihozlangan, bu esa akkumulyatorni 30 daqiqada 78 foizgacha va 48 daqiqada 100 foizgacha zaryadlash imkonini beradi.

FlashCharge funksiyasi yordamida siz smartfoningizni imkon qadar tezroq zaryadlash imkoniga ega boʻlasiz. Agarda batareya quvvati deyarli tugab boʻlgan boʻlsa, siz quvvatni tejash rejimida qurilmadan samarali foydalanishni davom ettirishingiz mumkin.

5000 mAh batareya quvvati tufayli zaryad butun kun davomida faol foydalanish uchun yetarlidir. Siz smartfoningizda videolarni 16 soat uzluksiz tomosha qilishingiz mumkin va uni kerakli daqiqada oʻchib qolishidam xavotir olishingiz shart emas.

“Texnomart”, “Elmakon”, “Mediapark”, “idea”, “Ishonch” kabi rasmiy hamkor do‘konlarda yangi vivo V30 smartfonini xarid qilish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, xaridingiz uchun sizga vivo TWS 3e quloqchinlari, soch quritgich va vivo servis kartasi sovgʻa sifatida taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumotni havola orqali bilib olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ