“Copilot"dan bepul tarzda bir kunda 30 ta so‘rovgacha foydalanish mumkin bo‘lib, buning uchun telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash kerak.

Chat-bot foydalanuvchilar va tanqidchilarning sharhlari asosida filmlar yoki teleseriallarni va 4K o‘yinlar uchun qulay video kartalarni tavsiya qiladi. Shuningdek, xato kodlarni tahrirlashi ham mumkin. Sun’iy intellekt chat-boti ma’lumot manbalariga havolalar ham beradi.

“Microsoft Copilot” botini ushbu havola orqali ishga tushirish mumkin.