YouTube "Playables" oʻyinlar xizmatini ishga tushirdi

E’lon qilingan sana· 34
YouTube "Playables" oʻyinlar xizmatini ishga tushirdi

YouTube videoxosting xizmati barcha foydalanuvchilar uchun yangi “Playables” bo‘limini ishga tushirdi. Uning yordamida foydalanuvchilar tasodifiy o‘yinlar o‘ynashi mumkin boʻladi.

Xizmat premium abonentlar uchun 2023-yil noyabr oyidan boshlab yangi bo‘limni sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etgan edi.

Xizmat keng auditoriya uchun 75 ta video oʻyin, jumladan, “Angry Birds: Showdown”, “Daily Solitaire”, “Cut the Rope” va boshqalarni taklif etadi. Oʻyinlarni oʻynash uchun ularni yuklab olishingiz shart emas.

Video oʻyinlarda natijalarni saqlab qolish va eng yaxshi ballga ega ishtirokchilarni kuzatish mumkin. Hozirda You Tube’da oʻyinlarni kompyuter brauzerida yoki Android va iOS’dagi ilovalar orqali oʻynash mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ