ASUS Copilot+ sun'iy intellektiga ega kompyuterlarning yangi erasini e'lon qilmoqda

E’lon qilingan sana· 63
ASUS Copilot+ sun'iy intellektiga ega kompyuterlarning yangi erasini e'lon qilmoqda

Har yili Tayvanda Taypey “Computex 2024” xalqaro axborot texnologiyalari koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Unda IT sohasidagi kompyuter texnologiyalari bozorining asosiy ishtirokchilari oʻzlarining yangi mahsulotlarini namoyish etadi. Afisha.uz muharriri koʻrgazma arafasida ASUS bosh qarorgohi va kompaniyaning yopiq taqdimotiga tashrif buyurdi va brendning barcha yangi mahsulotlarini sinovdan oʻtkazdi. Quyida esa bundan eksklyuziv reportaj taqdim etiladi.

ASUS kompaniyasi 45+ TOPS unumdorligiga ega soʻnggi neyron protsessorlari tufayli yangi kompyuterlarda ham qoʻllab-quvvatlanadigan Copilot+ sun’iy intellektiga ega shaxsiy kompyuterlarning yangi erasini e’lon qilmoqda. Computex 2024 ko‘rgazmasidan oʻrin olgan “Doim aql-bovar qilmaydigan” taqdimotida ProArt, Zenbook va Vivobook liniyalaridagi ASUS noutbuklarining yangilangan modellari taqdim etildi, bu esa yangi davrning boshlanishini ko‘rsatadi.

ProArt P16/PX13/PZ13 — ijod uchun SI

Maqola media-kontent yaratish uchun moʻljallangan portativ noutbuklar — ProArt P16/PX13/PZ13'dan boshlanadi. Ular yangi AMD Ryzen AI va Snapdragon protsessorlariga ega. Grafikalar uchun esa GeForce RTX 40-seriyali protsessorlar javob beradi.

Noutbuklarda ASUS DialPad kontrolleri, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan yangi StoryCube va MuseTree ilovalari hamda foydalanuvchilar uchun qulay ProArt Creator Hub kabi vositalar to‘plami boʻlib, ijodiy ishlarni osonlashtiradi. ASUS ProArt seriyali noutbuklari portativlik va unumdorlikning toʻgʻri kombinatsiyasini taklif qiladi va uchta shaklda mavjud. Noutbuklar mustahkam, ammo oʻta portativ dizaynlarda joylashgan boʻlib, har qanday muhitda ijodiy ish uchun ajoyib vosita boʻla oladi.

Klassik 16 dyuym ekranli ProArt P16 noutbuki va 13 dyuym ekranli ProArt PX13 konvertatsiya qilinadigan noutbuki 50 tagacha TOPS unumdorligiga ega Ryzen AI 9 protsessorlari va 321 TOPS unumdorligiga ega NVIDIA GeForce RTX 4070 noutbuk grafik kartalari bilan jihozlangan. 13 dyuymli PZ13 olinadigan klaviaturaga ega va eng yangi Snapdragon SIni qoʻllab-quvvatlaydigan hisoblash platformasi bilan jihozlangan.

Zenbook S 16 — ultraportativ noutbuklarda SI

Yangi yuqori sifatli 16 dyuymli ultraportativ noutbuk ASUS Zenbook S 16 (UM5606) innovatsion texnologiyalar va zamonaviy dizaynni sevuvchilarning qalbini zabt etishi mumkin. Korpus 1,1 santimetrni tashkil qiladi. U yupqa boʻlishiga qaramay, eng yangi Ryzen AI 9 protsessori va noyob elementlar bilan jihozlangan. Kompyuterning ogʻirligi 1,5 kilogramdan oshmaydi, bu esa yuqori darajadagi harakatchanlikni ta’minlaydi.

Noutbukning ustki qismi oʻziga xos xususiyatlar va gʻayrioddiy koʻrinishga ega boʻlgan keramikali innovatsion va yuqori quvvatli material — Ceraluminium’dan tayyorlangan. Korpusning metall asosi yuqori aniqlikdagi frezalash mashinasida ishlab chiqarilgan va havoning erkin harakatlanishini ta’minlaydigan yangi shamollatish panjarasi bilan boyitilgan.

Zenbook S 16'ning o‘ta yupqa korpusida 28 Vtgacha bo‘lgan termal paketga ega kuchli jihozlar mavjud. Konfiguratsiyaning asosi — 50 TOPS koʻrsatkichli, neyron chipli soʻnggi Ryzen AI 9. Bunday nozik dizayndagi kuchli komponentlarning ishlashini ta’minlash uchun bug' kamerasini oʻz ichiga oluvchi noyob sovutish tizimi faoliyat olib boradi. Bu laptopning past ovozda ishlashini ta’minlaydi. Ovoz 25 dB’dan yuqori boʻlmaydi.

Vivobook S 15 — barcha uchun SI

Yaqinda alohida tadbirda taqdim etilgan ASUS Vivobook S 15 (S5507) kompaniyaning birinchi Copilot+ kompyuteriga aylandi. Ushbu zamonaviy, sun’iy intellektga asoslangan noutbuk eng talabchan foydalanuvchilar uchun Snapdragon X Elite hisoblash platformasi bilan jihozlangan. Vivobook noutbuklari 2024-yilgi modeli soʻnggi Ryzen AI 9 va AMD Radeon GPU’lari asosida yangilangan konfiguratsiyalarni oldi.

Ultralaptopning qalinligi 1,47 sm, og‘irligi esa 1,42 kg bo‘lib, batareya quvvati 18 soatgacha yetadi. ASUS Lumina OLED noutbuki 15,6 dyuym diagonalli displeyga ega bo‘lib, 3K piksellar soniga va 120 Gts yangilanish tezligiga ega. Yangi klaviaturada sozlanishi mumkin bo‘lgan LED yoritgichi, shuningdek, aqlli yordamchini tezda ishlatish uchun maxsus Copilot tugmachasi mavjud.

Yangi ultrabuk Windows studio effektlari va AiSense kamerasini taklif etadi. U moslashuvchan xiralashtirishni (foydalanuvchi undan uzoqlashganda ekran yorqinligi pasayadi) va adaptiv qulflashni (foydalanuvchi undan uzoqlashganda noutbuk avtomatik ravishda qulflanadi va egasi qaytib kelganida qulfdan chiqariladi) qo‘llab-quvvatlaydi.

Vivobook S 15 real vaqt rejimida inglizcha subtitrlarni yaratish uchun Live Captions va eskizlarni tayyor tasvirlarga aylantiruvchi Cocreator’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu va boshqa innovatsion texnologiyalar maxfiylikni himoya qilish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash bilan birga ijodiy loyihalarda ham yordam beradi.

TUF Gaming A14 va A16 — oʻyinlar uchun SI

Taqdimot doirasida mashhur TUF Gaming o‘yin noutbuklari seriyasining ikkita yangi modeli ham taqdim etildi: 14 dyuymli A14 va 16 dyuymli A16. Yangi ultra-portativ korpuslar Ryzen AI 9 protsessorlari va diskret NVIDIA noutbuk grafik kartalari bilan jihozlangan.

Noutbuklarning boshqa afzalliklari orasida yaxshilangan sovutish tizimi va komponentlarni yangilash uchun kengaytirilgan imkoniyatlar mavjud. Yangi A14 va A16 foydalanuvchilarga 165 Gts yangilanish tezligi bilan 2,5K oʻlchamli displeyda doimiy silliq tasvirlardan zavqlanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, noutbuklar kam quvvat sarfi bilan ham ajralib turadi.

50 TOPS unumdorligi bilan o‘rnatilgan neyron protsessorli chiplar tufayli yangi mahsulotlar fonni xiralashtirish va ko‘zni to‘g‘rilash kabi sun’iy intellekt funksiyalaridan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Yangilangan TUF Gaming A14 va A16 da DLSS, kadrlar yaratish va nurlarni qayta tiklash kabi oʻyin funksiyalari ajoyib ishlaydi. Oʻyin oʻynash yoki mahalliy tasvirni yaratish kabi koʻproq talab qoʻyiladigan AI vazifalari uchun NVIDIA GeForce RTX 4070 noutbuk grafik kartasi 371 TOPS unumdorligini taʼminlaydi.

ROG Ally X

Shuningdek, Computex 2024 ko‘rgazmasida ASUS Republic of Gamers brendi ostida Windows operatsion tizimi asosidagi ROG Ally X portativ o‘yin konsolini taqdim etildi. Gadjetda koʻplab yangilanishlar bor.

Yangilangan konsol kengaytirilgan va ancha tezroq ishlaydigan operativ xotira bilan jihozlangan — M.2 2280 qattiq diski endi 1 TB sig‘imga ega va 24 GB LPDDR5−7500 operativ xotira mavjud. Korpusda 80 Vt quvvatga ega kattalashtirilgan akkumulyator mavjud boʻlib, u pleyer uchun qurilmaning uzoq batareya quvvatini ta’minlaydi.

Grafikalarni qayta ishlash uchun RAM’dan foydalanishi mumkin boʻlgan AMD Ryzen Z1 Extreme gibrid protsessori konsolning yuqori ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. Zamonaviy AAA oʻyinlari yuqori aniqlikda real teksturalarni koʻrsatish uchun VRAM’ni talab qiladi, shuning uchun 24 Gb operativ xotira GPU’ga koʻproq yordam beradi.

Yangilangan konsol yaxshilangan sovutish tizimiga ega, yangi ventilyatorlar va qoʻshimcha uchinchi shamollatish rozetkasi tufayli havo aylanishi 24 foizga oshdi hamda ekran haroratini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. ROG Ally X’da XG Mobile porti yo‘q, lekin ikkita USB-C portiga ega, ulardan biri o‘rnatish stantsiyalari va tashqi GPU’lar bilan muvofiqligi uchun Thunderbolt’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ergonomikani yaxshilash uchun tugmalar va joystiklar oʻzgartirildi va triggerlarni faollashtirish osonroq boʻldi. Orqa paneldagi soʻl tugmalar tasodifiy bosishlarning oldini olish uchun kichraytirildi. Konsolning yangilangan versiyasi besh million faollashtirish uchun moʻljallangan mustahkamroq modullarga ega yangi joystiklarni va uy oʻyin konsoli kontrollerlarining javob xususiyatlarini ta’minlaydigan boʻldi.

Yangi ROG Ally X oldingi modelga qaraganda 70 gramm og‘irroq, og‘irligi esa foydalanuvchi qo‘lida mukammal muvozanatni saqlash uchun bosh va ko‘rsatkich barmoq atrofida taqsimlangan. Konsol qulaylik yaratish uchun qora rangda ishlangan, tutqichlari chiqadigan va yumaloq shaklga ega yangi korpus mavjud. Qurilmaning qalinligi oʻzgarmagan.


Roʻyxatdagi barcha yangi mahsulotlarni Oʻzbekistonda xarid qilish mumkin boʻladi.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ