“Apple” kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh orqali xabar yuborish funksiyasini taqdim etmoqda

E’lon qilingan sana· 66
“Apple” kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh orqali xabar yuborish funksiyasini taqdim etmoqda

“Apple” kompaniyasi iOS 18'da sun’iy yo‘ldosh orqali xabarlar funksiyasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Spot” nashri.

Qayd etilishicha, ushbu parametr uyali aloqa va Wi-Fi tarmoqlaridan tashqarida bo‘lgan vaqtda “iMessage” va SMS xabarlarni yuborish va qabul qilish imkonini beradi.

Ma’lumotga koʻra, iPhone yer usti tarmoqlari doirasidan tashqarida ekanligini aniqlasa, u sun’iy yo‘ldosh xizmatlariga, shuningdek, “Emergency SOS”, “Roadside Assistance”, “Find My” va yangi variant — “Messages"ga tezkor kirishni taklif etadi.

“iMessage"ga yuborilgan xabarlarga sun’iy yo‘ldosh orqali uzatishda boshidan oxirigacha shifrlash ham qo‘llaniladi. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldosh orqali xabarlar avval AQShda ishga tushiriladi, keyin esa boshqa mamlakatlarda qo‘llab-quvvatlash paydo bo‘ladi.

Bu imkoniyat iPhone 14 va iOS 18'ga yangilangan modellarda mavjud bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, hozirda funksiya bepul bo‘lsa ham, kelajakda kompaniya sun’iy yo‘ldosh xizmatlaridan foydalanish uchun to‘lovlarni undirmoqchi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ